“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha
Download 324.15 Kb. Pdf ko'rish
|
fEcOkZODRsG1UhfPtry1x9c5jGPzQul9Elc2g5M7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqlim monitoringi
- Biologik monitoring
- Ekologik monitoring
Geofizikaviy
monitoringga atmosferani ifloslanishi, muhitning meteorologik va hidrologik tavsiflari to‘grisidagi ma’lumotlarni interpretatsiya (lot. interpretation vositachi) qilish va kuzatish kiradi. Bunday monitoringda beosferaning jonsiz komponentlari, konstruktsiyalar (lot. konctructio tuzilish, qismlarning o‘zaro joylashuvi; inshoot) va binolar kiradi. Iqlim monitoringi iqlim tizimlarinig (atmosfera - okean - quruqlik yuzasi – kriosfera (yun. krios sovuq, muz) - biota) holatining monitoringi kiradi. Bu monitoringning asosiy maqsadi - iqlimning ehtimoliy o‘zgarishlarini baholashdir. Bunday holda biotaning holati yuza albedosining (lot. albus yorqin, ravshan) o‘zgarishlarini aniqlash uchun zarur bo‘ladi. Biologik monitoring - tabiataning holatini, uning antropogen omillarga ta’sirlanishini (reaksiyasini), biota holatinig funktsiyasini va bu funktsiyalarning turli darajalarda meyoriy tabiiy holatlardan og‘ishini aniqlaydi (bu yerda molekulyar, xujayraviy organizmlar, populyatsiyalar, turkumlar darajalari nazarda tutiladi). Bu xildagi monitoringning kichik tizimini sanitariya- gigiyena monitoringi 7 (atrof muhit ta’siri ostida inson salomatligining holatini aniqlash) va genetik monitoring (turli populyatsiyalarda irsiy belgilarning ehtimoliy o‘zgarishlarini kuzatish) tashkil etadi. Ekologik monitoring deb biosferani tashkil etuvchi abiotik komponentlar holatini va ekosistemalarda ifloslanish, yerlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish, urbanizatsiya va boshqalarning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan antropogen o‘zgarishlarni aniqlash tushuniladi (Izrael, 1974). Monitoringning bu tipi majmuali sajiyaga ega bo‘lib, sistemali yondashuv bilan bog‘liq va shu sababli biosfera qo‘riqxonalarida kuzatishlarni rejalashtirishda asosiy tip hisoblanadi. Monitoringning bu tipini ham bioekologik biosistemali va biosferaviy turlarga ajratiladi. Monitoring turlari orasida o‘ziga xos muammolarni hal etishda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan ekstren (lot. ekstra tashqari, favqulodda,zudlik bilan) monitoring muhim ahamiyatga ega. Bunday monitoringlar atmosferada SO 2 miqdorining oshishi, ozon qatlamidagi o‘zgarishlar, neft tashuvchi kemalar halokatining oqibatlarini kuzatishda muhim ahamiyatga ega. V.A.Kovda va A.S.Kerjentsev monitoring tizimini daraja va bo‘limlarga ajratishgan. Ekologik monitoring axborotlarni umumlashtirish miqyoslariga ko‘ra global, hududiy (regional) va lokal (mahalliy) monitoringga ajratishadi. Ekologik monitoringning bioekologik, geokimyoviy va geofizikaviy bo‘limlari parametrlarining o‘ziga xos xususiyatlari, kuzatish va baholash metodlariga ko‘ra ajratiladi. Y.A.Izraelning (1979) fikricha, ekologik monitoring biosferaviy monitoringning kichik tizimini tashkil etadi va biosferani tashkil etuvchi abiotik komponentlarning antropogen o‘zgarishlarini, ekosistemalarning bu o‘zgarishlarga ta’sirlanishini va ekosistemalardan antropogen sistemalarni kuzatish, baholash va bashoratlashni o‘z ichiga oladi. Ekologik monitoringda uning biologik va fizikaviy jihatlari ajratiladi. Umuman ekologik monitoring biosfera holatini juda keng global miqiyoslarida baholash uchun muhim ahamiyatga ega. Geografik nuqtai nazardan atrof-muhit monitoringi – tabiatdan foydalanishni optimallashtirish va atrof muhitni muhofaza qilish uchun tabiiy muhitning antropagen ta’siri ostida o‘zgarishlarini uning tabiiy dinamikasini hisobga olgan holda kuzatish, baholash, bashoratlash tizimidir. Atrof muhit monitoringini tashkil etish turli tabiiy sharoitlarda (geosistemalarda) modda va energiya o‘zgarishi jarayonlari to‘g‘risidagi bilimlarga tayanmog‘i lozim. Atrof muhit monitoringining masofaviy uslublarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish muhim ilmiy ahamiyatga ega. Monitoring ko‘p axbarotli tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, bashoratlashtirish va olingan ma’lumotlar asosida baholashdan iborat. 8 Bu maqsadni amalga oshirish A.Rafiqov (2000) fikricha quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: 1.Tabiiy muhitning inson ta’sirida o‘zgarishini keng miqiyosda kuzatishni tashkil qilish. 2.Ta’sir manbalarini aniqlash hamda o‘zgarishning sabablarini belgilash. 3. Kuzatilayotgan o‘zgarishlarni baholash, ta’sirning samarodorligini aniqlash. 4. Atrof muhit o‘zgarishini bashoratini ishlab chiqish hamda o‘zgarish yo‘nalishini belgilash. 5. Tabiatda vujudga kelgan xatarli o‘zgarishlarning oldini olish chora- tadbirlarini ishlab chiqish. Atrof muhit monitoringi asosida inson va boshqa tirik mavjudotlar uchun muhim bo‘lgan havo, suv va tuproqning turli chiqindilar, zararli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanish holati, sifatining buzilishi va asosiy ko‘rsatgichlarning o‘zgarishi kuzatiladi. Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar ruxsat etiladigan miqdor (REM - PDK) ko‘rsatkichlari bilan qiyoslanadi va o‘zgarishlar baholanadi. O‘zgarishlarning yo‘nalishlari bashoratlashtiriladi. Atrof muhitning holati va unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, ularning manbalari va omillari to‘grisida boshqaruv organlariga ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar boshqaruv organlari tomonidan atrof muhitda sodir bo‘layotgan salbiy o‘zgarishlarning oqibatlarini bartaraf qilishiga muljallangan chora-tadbirlarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Atrof muhit monitoringida masofaviy, ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash, tahliliy ekspress va boshqa tadqiqot usullari qo‘llaniladi. Monitoringni tashkil etishda turli xil vazifalarni hal etish lozim bo‘ladi. Bundan roppa-rosa 10 yildan so‘ng dunyo manzarasi qanday bo‘lishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Insoniyatning hayot kechirish tarzi qay tarzda o‘zgarishi mumkinligi haqida-chi? Hozirgi an’analarimiz qay darajada o‘zgarishi mumkin deb hisoblaysiz? 9 Shunisi ma’lumki, yer sharining ekologik vaziyati o‘tgan asrga nisbatan misli ko‘rilmagan darajada o‘zgarishga ulgirishi bilan bir qatorda avlodlarning chinakamiga qarg‘ishiga sabab bo‘luvchi muammolarni ham vujudga keltirdi. Garchi ushbu hodisalar dunyo hamjamiyatini global ekologik muammolar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lish, tadqiqotlar olib borish va bu muammolarni bartaraf etish borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga undab kelayotgan bo‘lsa hamki, ko‘pchilik mamlakatlar va millatlar bu muammolarning ko‘lami shabadasini seza olishmayapti yoxud ular o‘zlarini mutlaqo xabarsizdek tutishmoqda. Ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan va yuz berib bo‘lgan muammolarga yechim topish, ularni oqilona hal qilish kabi masalalarga qay darajada ahamiyat berib kelinmoqda? Bu mavzuda shunchaki reja va konsepsiyalar ishlab chiqilib, konferensiya mavzusi sifatida qarab kelinmoqdami? Afsuski, shunday! Download 324.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling