“fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari” moduli bo‘yicha
Ekologik madaniyatni shakllantirishda
Download 324.15 Kb. Pdf ko'rish
|
fEcOkZODRsG1UhfPtry1x9c5jGPzQul9Elc2g5M7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish
Ekologik
madaniyatni shakllantirishda , ekologik ong va dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan maktab tarbiyasiga, o‘rta va oliy ta’lim muassasalariga e’tibor qaratilishi lozim. Ekologik bilimlar tashviqoti, aholini ekologik tarbiyalash va ularni o‘qitish bo‘yicha ishlar avj oldirilganligiga qaramay, Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarida atrof muhit muhofazasi, ya’ni ekologiya sohasida boshqa sohalar kabi Davlat noziri singari mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kunga qadar yo‘lga qo‘yilmagan. Ushbu soha uchun bu kabi mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun talabidir. Bundan tashqari, insoniyat tarbiyasi uchun uning mahallasi ham alohida o‘rin egallaydi. Mahallalar ham ushbu ishlarga jonbozlik ko‘rsatishi lozim, deb o‘ylayman. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’kidlash joizki, butun dunyoda ekologik barqarorlikka erishish, yer yuzining hozirgi holatini tubdan o‘zgartirish uchun xalqaro hamkorlik, ekologik qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlikning qat’iy bo‘lishi, aholining yuqori darajadagi ekologik ong va madaniyatini oshirishning o‘zigina kifoya qilib qolmasdan, balki barchamizni mas’uliyat hissi bilan yashashga undashga ham chaqiradi. Tabiat in’om etgan tuhfalarni buzadigan xalq o‘z ildiziga bolta uradi deb Franklin Delano Ruzvelt tomonidan bildirilgan fikrlar barchamizni ogohlikka chorlab qolishi shubhasizdir. Zero, tabiatni muhofaza qilish bu nafaqat Vatan oldidagi farzandlik burchimizdir, balki insoniyatning kelajak avlod uchun qoldirishi mumkin bo‘lgan yagona va bebaho xazinasidir. 15 3.O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, tog‘-kon, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 30-40 yil davomida tez sur'atlar bilan rivojlanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati tug‘ildi. Atrof-muhit monitoring mamlakatimizdagi bir qancha muassasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yer osti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston Geologiya vazirligiga qarashli "O‘zbekgidrogeologiya" korxonasi tomonidan, tuproqning sho‘rlanishi va grunt suvlari me'yori, kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ku-zatib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. Atrof-muhit monitoringini kuzatish va nazorat qilish turli usullarda olib boriladi: aerokosmik, avtomatik laboratoriyalar, ko‘chma laboratoriyalar va h.k. Aerokosmik usul bilan atmosfera havo massalarining yo‘nalishi, havoning ifloslanishi, tog‘lardagi muzliklar, qorliklar rejimi, tuproq va o‘simlik qoplamlarining holati, ekinlarning o‘sishi, ularning holati hamda hosildorligi kuzatib turiladi. O‘zbekistonning ma’lum bir hududi aerokosmik usulda kuzatilayotganda olingan ma'Iumotlar avtomatik ravishda tegishli tashkilotlarga uzatib turiladi. Atmosfera havosi monitoringi O‘zbekiston hududida asosiy gidrometeorologik stansiya va postlarda amalga oshiriladi. Atmosfera va suv tarkibidagi zararli, ifloslantiruvchi moddalar miqdori maxsus laboratoriyalarda kimyoviy usullar yordamida aniqlanadi. Sanoat rivojlangan hududlarda maxsus kuzatish asosan statsionar (doimiy), marshrutli va harakatdagi postlarda olib boriladi. Mazkur postlarda gazlarning miqdori avtomatik usulda aniqlanadi. Suv havzalarining ifloslanishi ham muntazam 16 ravishda kuzatib va nazorat qilib turiladi. Daryolar, kanal va kollektor suvlarining ifloslanish darajasi bir yo‘la bir necha joylarda (yuqori qismida, sanoat markazlari va shaharlarga kirish joylarida, ichkarisida va chiqish joyida) aniqlanadi. Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatish va nazorat ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Tuproq, suv va o‘simliklardagi turli zararli chiqindilar, asosan, sanoat korxonalari atroflda, pestitsidlar ekinzorlar va ular hududidagi suv havzalarida kuzatiladi va nazorat qilib turiladi. Sug‘oriladigan hududlarda tuproqning sho‘rlanishi bo‘yicha kuzatish va nazorat amalga oshiriladi. Kuzatish va nazorat ma’lumotlari yilda ikki marta - 1-aprel va 1 -oktabrda yig‘iladi. Yaylovlar asosan aerokosmik usulda kuzatiladi va nazorat qilib turiladi. Download 324.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling