Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha


Download 193.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana07.05.2023
Hajmi193.31 Kb.
#1438433
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Ijod turlari 
Ijod turlari ijodning mohiyati haqidagi tasavvurlarning xususiyati bilan 
belgilanadi. Jumladan, soha olimlaridan I.Kant ijod jarayonini maxsus tahlildan 
o‘tkazdi va unga insonning tasavvuri mahsuli deb qaradi.
Ijodni shartli ravishda ikki bo‘lish mumkin. 
1. Ilmiy ijod 
2. Badiiy ijod.
Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy 
ijodga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki ijod turi rivojlangan bo‘lishi mumkin.
Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’yektiv qonuniyatlari aks etsa, 
badiiy ijodda ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning sub’yektiv, o‘ziga xos 
qarashlari, his-tuyg‘ulari aks etadi. Badiiy ijodda hayotning turfa ranglari hamda 
voqealari orasidan ibratli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lganlari tanlab olinadi va 
badiiy umumlashtiriladi. Ijodning taraqqiy etishida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Shu bilan birga yaratuvchilikning o‘ziga xos tomoni turli g‘oyalar, turli xil 
faoliyat turidagi hayoliy fantaziyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Unga ko‘ra: 
Ilmiy ijod – turli xil kashfiyotlar. 
Yakuniy mahsulot – bilim. 
Badiiy ijod – dunyodagi estetik asos, go‘zallikka intilishdir.
Yakuniy mahsulot –badiiy tasvirdir (she’r, rasm, haykal). 
Texnik ijod – amaliy va texnologik rivojlanishdir. 
Yakuniy mahsulot –mexanizm yoki dizayndir. 
Bola ijodkorligi – bolaning tasavvuf jarayoni, uning tasavvuridir. 
Pedagogik ijod – ijodiy yondashuv asosida yangi bilimlarni o‘rgatishdir. 
3. O‘quvchi texnik ijodkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirish bosqichlari 
O‘quvchilar texnik ijodkorligining mazmuni ularning yoshlariga qarab 
tanlanadi. Jumladan: 
I-IV sinflarda elementar bilimlar; 
V-IX sinflarda asosiy chuqur texnik tayyorgarlikka ega bo‘lgan bilimlar; 
X-XI sinflarda o‘quvchilar tanlagan kasbi bo‘yicha ixtirochilik va 
ratsionalizatorlik faoliyatlariga oid bilimlar shakllantiriladi.


Egallangan bilim va ko‘nikmalarga tayangan holda o‘quvchilarning texnik 
ijodkorligi mazmuni kengayib boradi.
O‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish va uni 
rivojlantirishning besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy-ilmiy jixatlar asoslangan. 
Ular quyidagilardan iborat: 
1-daraja. O‘quvchilarning buyumning shaklini takomillashtirish yoki 
detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish 
kiritib, berilgan hujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi. 
2-daraja. O‘quvchining instruksiyalashni oxiriga yetkazib va berilgan texnik 
hujjatga yoki alohida sxemaga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi. 
3-daraja. O‘quvchining buyumni, uning konstruksiyasini dastlabki original 
variantini takomillashtirib va texnologik hujjat yoki sxemaga mustaqil holda 
o‘zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi. 
4-daraja. O‘quvchining original konstruktorlik g‘oyasini mustaqil holda 
texnologik jihatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni uddalay olishi. 
5-daraja. O‘quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionlizatorlik 
g‘oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera olishi, hujjatlarni ishlab chiqish va 
buyum yasashni bajara olishi. 
Shuni ta’kidlash zarurki, o‘qituvchi o‘quvchining ijodiy tayyorgarligi 
darajasini baholash uchun emas, balki har bir o‘quvchining ijodiy o‘sish 
imkoniyatlarini hisobga olishi muhim hisoblanadi. 

Download 193.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling