Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari moduli bo‘yicha


Download 193.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana07.05.2023
Hajmi193.31 Kb.
#1438433
  1   2   3   4   5   6   7   8


A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
 
 
FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI 
MODULI BO‘YICHA 
 
 
 
“TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI” 
 
o‘quv kursining
 
“O‘quvchi ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari” mavzusidagi
ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
Ma’ruzachi: O‘.O.Tohirov 
Toshkent – 2022 


1-mavzu. O‘quvchi ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari 
 
Reja: 
1. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati.
2. Ijod turlari. 
3. O‘quvchi texnik ijodkorlik qobiliyatlari bosqichlari. 
1. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati 
Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda 
inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, 
tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi.
Ijod dastlab inson tasavvurida tug‘iladi, keyin ijodga taalluqli masalalar 
yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar tomonidan bajargan ishlar tanqidiy 
ko‘rib chiqiladi, tahlil qilinadi. Kuzatishlar, tajribalar o‘tkaziladi, mantiqiy xulosalar 
chiqariladi, gipotezalar qilinadi, tajribada sinab ko‘riladi. Noto‘g‘ri bo‘lsa 
yangilanadi.
Izlanishlar natijasi turli shakllarda (tayyorlangan buyumlar, badiiy asar, 
matematik formula, va b.) yuzaga chiqadi. Uni jamiyat e’tirof etsagina haqiqiy
to‘liq ijod sanaladi. Ijod fan-texnikani, madaniyatni boyitadi va rivojlantiradi. 
Odatdagi ijod tushunchasi ozchilik kishilarning buyuk san’at asarlarini, yangi 
mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning 
qismatidir. Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining 
fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da qandaydir yangilik 
yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan 
qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim. 
O‘quvchining ijodkorligi uning har qanday faoliyat jarayoni bo‘yicha 
mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim.

Download 193.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling