Fanga kirish. “Kamyob va nodir metallar kimyosi va texnologiyasi” fannining predmet va vazifalari


Download 350.37 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi350.37 Kb.
#1178152
Bog'liq
Mavzu.Fanga kirish. “Kamyob va nodir metallar kimyosi va texnologiyasi” fannining predmet va vazifalari


Mavzu: Fanga kirish. “Kamyob va nodir metallar kimyosi va texnologiyasi” fannining predmet va vazifalari.
Reja:

  1. Kamyob va nodir metallar kimyosi va texnologiyasi” fannining predmet va vazifalari.

  2. Kamyob metallar haqida tushuncha.

Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda mantiqiy fikrlash, texnologik taffakkurini shakllaatirish va rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda fan mazmuniga kiritilgan kamyob va tarqoq elementlar va ularning birikmalarini miqdoriy va sifat tavsiflari; kamyob va tarqoq elementlarning qo‘llanilish soxalari; texnologik jarayonlarning fizik- kimyoviy asoslash; kamyob elementlar saqlovchi mineral va ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlashning samarali tizimlari; ishlab chiqarishning istiqbolli usullari; bir-biriga xususiyatlari yaqin elementlarni ajratish va tozalash usullarini o‘z ichiga olgan bo‘limlarda egallangan bilimlar bo‘yicha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari: Fanning vazifasi - talabalarga ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning nazariy va amaliy masalalarini yecha olishga yetarli bo‘lgan kimyoviy va texnologik usullarni egallashga va uni qo‘llashga, shuningdek, texnologik masalalarning dastlabki tizimini (modelini) tuzish va tahlil qilishga o‘rgatishdan iborat.
XX asr boshlariga kelib oldinlari qo'llanilmagan kimyoviy elementlaming sanoat miqyosida ishlatilishi katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bu elementlarni birlashtirib ≪kamyob elementlar≫, keyinchalik esa ≪kamyob metallar≫ deb yuritila boshlandi.
D.I.Mendeleyev tomonidan tuzilgan davriy tizimning barcha guruhida kamyob metallar joylashganini ko’rish mumkin. Ular o'zining fizik-kimyoviy xossalari bilan boshqa elementlardan katta
farq qiladi va sanoat miqyosida qo'llashning bir qator xususiyatlariga ko’ra, kamyob metallar guruhiga kiritilgan.
Kamyob metallarning kashf etilishi, asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlariga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, ulami ishlab chiqarishda qo'llash uchun ham ma’lum bir vaqt kerak bo'lgan. Kamyob metallar yer qobig'ida kam uchrashi va tarqoq holda bo'lgani uchun ulami sanoat miqyosida ajratib olish davri
murakkab tarzda kechgan. Kamyob metallami amalda qo'llash va ulaming texnologiyasini ishlab chiqish, asosan, XIX va XX asrlarga to’g’ri keladi.
Demak, ≪kamyob metallar≫ tushunchasi kam yoki texnikada butunlay ishlatilmagan metallar bilan bog’liq bo'lgan. Hozirgi vaqtda esa zamonaviy texnikaning asosiy qismi kamyob metallardan iborat ekanligini ko’rish mumkin. Ayrim sanoat ishlab chiqarish turlarini kamyob metallarsiz tasawur qilib bo'lmaydi.
Quyidagi 1-jadvaldan ko'rinib turganidek, sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan 70 xil metallarning 41 xili kamyob metallar guruhini tashkil qiladi.
≪Kamyob metallar≫ deb nomlangan metallar guruhining hosil bo’lishi nazariy jihatdan ishlab chiqilgan elementlar sinfiga mansub bo'lmay, balki turli xil ilmiy qarashlarga ham bog’liqdir.
Kamyob metallar tabiatda kam tarqalgan.Yer qobig’ida joylashgan elementlaming miqdorini tahlil qilish natijasida ularning miqdoriy foizi Amerika olimi Klark tomonidan aniqlangan.

Akademik A.E. Fersman elementlaming o'rtacha miqdorini aniqlashni ≪KLARK≫ o’lchovi bilan yuritishni taklif qilgan.


Quyidagi 2-jadvalda elementlar miqdoriy foizlarining klarki keltirilgan. Jadvalda elementlar o'nliklarda berilgan bo’lib, birinchi o'nlikda elementlaming 10 dan yuqori bo'lganlari, ikkinchi o’nlikda 10 dan 1 gacha, uchinchi o’nlikda dan 0,1 gacha va hokazo.
Demak, elementlaming yer qobig‘idagi miqdori turlicha ekanligi ko'rinib turibdi. Eng ko’p tarqalgan 9 ta elementning miqdori 98,13% ni tashkil qilgan holda, qolgan barcha elementlaning miqdori 1,87% ni tashkil etmoqda. Jadvaldan kamyob metallarning barchasi yer qobig'ida juda kam ekanligini ham aniqlash mumkin.
Kamyob metallarning ayrimlari yer qobig'ida tarqoq holda joylashgani uchun ular juda kam bo‘lib, asosan boshqa metallarning minerallari bilan birga uchraydi. Masalan, galliy qalay, margimush va simobga nisbatan ko‘p bo‘lgani bilan uning minerali uchramaydi.
Galliy faqat boshqa minerallar tarkibida bo'ladi. Shunday qilib, yer qobig‘ida elementlaming joylashishi
kamyob metallar guruhlanishining asosiy belgilaridan biri bo‘lsa, ulami ishlab chiqarish va sanoatdagi qo'llanilishi asosiy ma’noni kasb etadi.

Download 350.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling