Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi
Fiziologik tajriba usullari 2 xil bo’ladi
Download 84.39 Kb.
|
FIZILOGIYA AMALIY
Fiziologik tajriba usullari 2 xil bo’ladi:
1. O’tkir tajriba usullari. 2. Surunkali (xronik) tajriba usullari. O’ t k i r t a j r i b a usullariga quyidagilar kiradi: a) vivisektsiya usuli - hayvonni operatsiya yo’li bilan yorib, muayyan organ faoliyati o’rganiladi: b) eksterpatsiya usuli - muayyan organning organizm uchun ahamiyatini bilish uchun o’sha organ kesib olib tashlanadi. So’ngra organizmda kuzatiladigan o’zgarishlar qayd qilinadi va o’rganiladi. Bu usul ko’proq ichki sekretsiya (endokrin) bezlar faoliyatini o’rganishda qo’l keladi. v) transplantatsiya usuli - muayyan organ yoki to’qima organizmning bir joyidan ikkinchi joyiga ko’chirib o’tkaziladi va organizmda ro’y beradigan o’zgarishlar o’rganiladi. Bu usul ham ichki sekretsiya bezlari faoliyatini o’rganishda qo’l keladi. Transplantatsiya usulining auto, gomo va geterotransplantatsiya degan xillari bor. Autotransplantatsiya – deb, bir individ organizmidagi biror organ yoki to’qimani o’sha individning boshqa joyiga ko’chirib o’tkazishga aytiladi. Gomotransplantatsiya - deb, bir turdagi hayvondan biror organ yoki to’qimani o’sha turdagi boshqa hayvonga ko’chirib o’tkazishga aytiladi. Geterotransplantatsiya – deb, bir turdagi hayvondan olingan organ yoki to’qimani boshqa turdagi hayvonga ko’chirib o’tkazishga aytiladi. g) denervatsiya usuli - bilan muayyan organ faoliyatida nerv sistema-sining ahamiyatini bilish uchun unga kelayotgan nerv tolasi kesib qo’yiladi va shu nerv uzilganda, qolaversa uzilgan nerv tolasining organ bilan tutashgan uchi ta’sirlanganda organ faoliyatida kuzatiladigan o’zgarishlar o’rganiladi. d) ligaturalar solish usuli - bilan muayyan organ qon tomirlarini ligaturalar (maxsus iplar) bilan bog’lab, so’ngra uning faoliyatida kuzatiladigan o’zgarishlar o’rganiladi. e) tomirlar anastomozi - ikki tomirni bir-biriga ulash usuli. Download 84.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling