Yurak va qon tomirlari faoliyatini o’rganish usullari.
Yupak va qon tomiplapi faoliyatini o’rganish usullari: palьpatsiya, perkussiya, auskulьtatsiya, kardiografiya, elektrokar-diografiya, fonokardiografiya, sfigmografiya, flebografiya, tonometriya va ularning amaliy ahamiyati o’rganish.
Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar:
1. Qishloq xo’jaligi va laboratoriya hayvonlari.
2. Jihozlar: perkussion bolg’acha, plessimetr, stetoskop, fonendoskop, kardiograf, elektrokardiograf, sfigmograf, flebograf, sfigmomanometr.
Yurak ichi kovak yaxlit organ bo’lib, to’rt kameradan iborat. Yurakning ishlashi tufayli qon tomirlarda to’xtovsiz harakatda bo’ladi va o’zining vazifalarini bajaradi. Yurak hayvonlarning ko’krak qafasining chap tomonida, 2–7 qovurg’alar orasida joylashgan bo’ladi.
Yurak va qon tomirlari faoliyatini o’rganish veterinariya amaliyotida katta ahamiyatga egadir.
Yurak va qon tomirlari faoliyati quyidagi usullar yordamida o’rganiladi:
1. Kuzatish usuli bilan ko’z yordamida ko’krak qafasining yurak joylashgan qismi kuzatiladi.
2. Palьpatsiya – qo’l barmoqlari yordamida paypaslab o’rganish usuli. Bu usulda ko’krak qafasining yurak joylashgan qismida og’riq, jarohatlar bor – yo’qligi aniqlanadi.
3. Perkussiya – urib, to’qillatib o’rganish usuli. Bu usulda plessimetr va perkussion bolg’acha yordamida yurakning joylashish chegarasi aniqlanadi.
4. Auskulьtatsiya – eshitib o’rganish usuli. Bu usulda stetoskop, fonendoskop va stetofonendoskop asboblari yordamida yurakning ishlashi tufayli unda hosil bo’ladigan tovushlar (tonnlar) aniqlanadi. Yurak ishlayotgan vaqtda ikki xil tonnlar eshitiladi:
a) sistolik ton. Yurak qorinchasining sistolasi vaqtida tabaqali klapanlarning yopilishi va ularni tortib turuvchi paylarning taranglashishi tufayli hosil bo’ladi. Sistolik ton cho’ziq, bo’g’iq, uzun bo’ladi va «Bu-u» tarzida eshitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |