Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet7/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

Qon olish tartibi. Qon olinadigan joyning juni qaychi bilan kalta qilib olinadi. Teri avvalo spirt, keyin esa efir bilan paxta yordamida artiladi. Unga igna sanchiladi. CHiqqan birinchi qon tomchisi paxta bilan artib tashlanadi. Ikkinchi qon tomchisidan esa melanjerning 0,5 belgisigacha qon so’rib olinadi. Qonni olib bo’lgandan keyin igna sanchilgan joy spirt bilan artiladi yoki unga yod eritmasi surtib qo’yiladi.
Qon surtmasini tayyorlash va leykotsitar formulani aniqlash.
Donali va donasiz leykotsitlar haqida tushunchaga ega bo’lish. Qondan surtma tayyorlash texnikasini o’rganish va uning amaliy ahamiyati bilish.
Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar:
1. Qishloq xo’jaligi va laboratoriya hayvonlari.
2. Reaktivlar: metil spirti yoki spirt-efir, yod eritmasi. Azureozin bo’yog’i.
3. Jihozlar: buyum oynachasi, qoplag’ich oyna, qora qalam, igna, paxta.

Qondagi leykotsitlar protoplazmasidagi donachalarning bo’yalish-bo’yalmasligiga qarab ikkita katta guruhga bo’linadi:


1. Granulotsitlar - donali leykotsitlar.
2. Agranulotsitlar - donasiz leykotsitlar.
Donali leykotsitlar bo’yalishiga qarab, uch guruhga bo’linadi:
Bazofillar - ishqorli bo’yoqlar bilan bo’yaladi va leykotsitlarning 0-7 % ni tashkil etadi. Bazofillarning donachalarida qonning ivishiga to’sqinlik qiluvchi antikoagulyant - geparin degan modda ishlab chiqariladi. Bu modda yallig’langan to’qimada qonning ivishiga yordam beradi.
Eozinofillar - kislotali buyoqlar bilan bo’yaladi va leykotsitlarning 2-12% ni tashkil qiladi. Eozinofillar oqsil tabiatli toksinlarni neytrallash vazifasini bajaradi.
Neytrofillar - ham kislotali, ham ishqorli bo’yoqlar bilan bo’yaladi va leykotsitlarning 18-60% ni tashkil qiladi. Neytrofillar fagotsitoz qilish xususiyatiga egadir.
Neytrofillar yoshiga qarab o’z navbatida 4 ga bo’linadi:
a) Mielotsitlar

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling