Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet1/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI


QISHLOQ XO’JALIK HAYVONLARI FIZIOLOGIYASI
FANI BO‘YICHA
Amaliy mashg’ulot materiallari.
Bilim sohasi: 400000 - Qishloq va suv xo’jaligi


Ta’lim sohasi: 410000 - Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi


Ta’lim yo’nalishlari: 60811500- Zooinjeneriya (turlar bo’yicha) sirtqi.


TERMIZ-2023


1-mavzu. Hayvonlar fiziologiyasi fanining tajribalari. Qonning shaklli elementlarini sanash uslubi. Qon surtmasini tayyorlash va leykotsitar formulani aniqlash. Yurak va qon tomirlari faoliyatini o’rganish usullari.


Darsning maqsadi: Fiziologiyada eksperiment-tajribaning ahamiyatini o’rganish: jadal va surunkali tajribalarning kamchiliklari hamda ustunlik tomonlarini bilish. Hayvonlarni harakatsizlantirish hamda ularda tajribalarni o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lmoq.
Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar:
1. Qishloq xo’jaligi va laboratoriya hayvonlari
2. Reaktivlar.
3. Tajribalar uchun kerakli barcha asbob-uskunalar.
Fiziologiya biologik fanlarning biri bo’lib, organizmda va uning ayrim qismlarida: organlari, to’qimalari, hujayralarida kechadigan hayotiy jarayonlarni, ularning zaminida yotadigan qonuniyatlarni o’rganadigan fandir.
"Hayvonlar fiziologiyasi" fani fiziologiyaning bir sohasi bo’lib, har xil turga mansub bo’lgan uy hayvonlari organizmida kechadigan hayotiy jarayonlarni o’rgatadi, bu jarayonlarning hayvonlar turiga, jinsiga, zotiga, oziklanishiga, yashash sharoitiga, maxsuldorligiga va boshqa omillarga karab, qanday o’zgarishini tekshiradi.
Hayvonlar fiziologiyasi nihoyatda xilma-xil fanlar: biofizika, ekologiya, hayvonlar anatomiyasi, gistologiya, genetika, zoogigiena, hayvonlar biokimyosi, hayvonlar patofiziologiyasi, mikrobiologiya, immunologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bogliqdir.
Hayvonlarni oziqlantirish, to’g’ri parvarish qilish, urchitish, kasalliklarning oldini olish va davolash uchun fiziologiyani bilish, o’rganish zarur. Bu fan barcha biologik fanlar bilan chambarchas bogliq holda fiziologik ko’rsatkichlarni bilish, istalgan fiziologik jarayonlarning asosini o’rganib, undan chorva mollarini soglomligini ta’minlash va mahsuldorligini oshirish uchun foydalanish zaminini yaratadi.
Qishloq xo’jalik va laboratoriya hayvonlarini tekshirishda, tajriba paytlarida tishlashi, tirnab olishi, suzishi, tepishi va hokazo shikastlarga sabab bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Hayvonlar xam erkalatishni juda yoqtirishadi, shu sababli silab-siypalab, yumshoq, yoqimli muomala qilish kerakligini unutmang.
Hech qachon shovqin-suronli sharoitda tekshirish o’tkazmaslik kerak. Tajriba vaqtida turli stress omillar va ta’sirlar bo’lmasligini ta’minlash kerak. SHuningdek, fiksatsiya stol-stulllari, stanoklari, shiptsi (qisqichlar) va hokazolarning toza-ozodaligi ko’zdan kechirilgan, hamda ish tartibi o’rganilgan bo’lishi shart.
Hayvonlarda eksperiment-tajriba o’tkazish uchun, avvalo, ularni harakatsizlantirish lozim. Buning uchun quyidagi usullar keng qo’llaniladi.

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling