Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi
Download 84.39 Kb.
|
FIZILOGIYA AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monotsitlar
b) yosh neytrofillar
v) Tayoqcha yadroli neytrofillar g) Segment yadroli neytrofillar Donasiz leykotsitlar ham o’z navbatida 2 ga bo’linadi: Limfotsitlar - yadrosi bilan protoplazmasi o’rtasida perenukleap, ya’ni bo’yalmaydigan qismining borligi bilan ifodalanadi va leykotsitlarning 20-65% ni tashkil etadi. Limfotsitlar antitelalar ishlab chiqishda va immunitet hosil bo’lishida katta rol’ o’ynaydi. Monotsitlar - yadrosi har xil tuzilishga ega bo’lgan eng yirik hujayralar bo’lib leykotsitlarning 1-7% ni tashkil etadi. Monotsitlar regeneratsiya, ya’ni tiklanish jarayonlarida katta ahamiyatga egadir. Ish: Qon surtmasini tayyorlash. Qon surtmasini tayyorlash uchun avvalo silliq, yuzasi tekis, yaxshilab yog’sizlantirilgan va nihoyatda toza buyum oynalarini tanlab olish kerak. Tekshirilayotgan hayvonning quloq venasidan igna yordamida qon chiqarilib, bir tomchisi chap qo’lning bosh va o’rta barmoqlari bilan qisqa qirralaridan ushlangan toza yog’sizlantirilgan buyum oynachasining bir chetiga tomiziladi. O’ng qo’lning bosh va ko’rsatgich barmoqlari bilan yopqich oyna ushlanadi va qon tomchisi bor buyum oynasi ustiga 45 daraja burchak ostida qo’yiladi. Darhol yopqich oynaning silliq chekkasi bilan tomizilgan qon bir tekis qilib surtiladi va uy haroratida quritiladi. So’ngra oddiy qora qalam bilan surtmaning bir chetiga hayvonning turi, yoshi, inv. raqami, qon olingan kun, oy va yil yoziladi. Keyin spirtga solib (metil spirtida 5 daqiqa yoki spirt efirda 20 daqiqa) fiksatsiya qilinadi. Spirtdan chiqarilib, uy haroratida quritiladi. So’ngra Azur-eozin bo’yog’i bilan Gimza-Ramonovskiy usuli bo’yicha 30-40 daqiqa davomida bo’yaladi. Bo’yoq distillangan suv bilan asta-sekin yuviladi va uy haroratida quritiladi. Natijada qon surtmasi tayyor bo’ladi. Tayyorlangan surtma yetarlicha uzun, yupqa, bir xil qalinlikda bo’lishi, ochiq va bo’sh qolgan joylari bo’lmasligi lozim. To’g’ri bo’yalgan surtma bir oz binafsha tusli pushti rangda bo’lishi kerak. Surtmaning qizil ranga bo’yalishi kislotaning ko’payib ketganini ko’rsatsa, kul rang tusda bo’lishi ishqor ko’pligini ko’rsatadi. Tayyor bo’lgan surtmalar mikroskop ostida ko’zdan kechiriladi. Download 84.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling