Qonning shaklli elementlarini sanash uslubi.
Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar haqida tushunchalarga ega bo’lish va ularni sanash texnikasini o’rganish.
Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar:
1. Qishloq xo’jaligi va laboratoriya hayvonlari.
2. Reaktivlar: spirt, efir, 5%-li yod, 3%-li osh tuzi va 3%-li
sirka kislotasining metilen ko’ki bilan bo’yalgan eritmalari.
3.Jihozlar: qaychi, qon olish uchun ignalar, paxta, melanjerlar,
Goryaev sanok kamerasi, qoplovchi oynalar, mikroskop.
O’rtacha olganda qonning 60% ga yaqin qismini plazma, 40% ga yaqin qismini esa shaklli elementlar tashkil qiladi.
Qonning shaklli elementlari, ya’ni hujayralari uch xil bo’ladi:
1. Eritrotsitlar - qizil qon hujayralari.
2. Leykotsitlar - oq qon hujayralari.
3. Trombotsitlar - qon plastinkalari.
Bu hujayralarning har qaysisi o’ziga xos tuzilgan bo’lib, bir qator xossa va xususiyatlarga ega, ularning organizmda bajaradigan vazifalari ham turlicha. Ularning har bir hayvonning qonidagi miqdori nisbatan doimiydir. Lekin ularning miqdori hayvonning yoshi, jinsi, fiziologik holati, atrof-muhit sharoiti va boshqa omillar ta’sirida o’zgarishi mumkin. SHuning uchun qonning shaklli elementlarini sanash va ularning qondagi miqdorini aniqlash katta ahamiyatga egadir.
Goryaev to’rining yuzasi 9 mm, kamerasining hajmi 0,9 mm. To’rda 225 ta katta kvadrat (har qaysisida 15-tadan katta kvadrat bo’ladigan 15 qator) bor, shu kvadratlarning 25-tasi 16 ta kichik kvadratlarga, 100 tasi to’g’ri to’rtburchaklarga bo’lingan va 100 tasi ochiq qoldirilgan. To’rning ochiq katta kvadratlari to’rttadan bo’lib joylashgan, bu sanashni ancha osonlashtiradi.
Melanjer yoki aralashtirgichlar uzunligi 10 sm atrofida bo’ladigan, bir uchida ampulasimon kengaymasi bor kapillyar naychalardir. Ampulasimon kengaymasining ichida qizil va oq munchoqchalar bo’ladi. Kapillyar bilan ampula o’rtasidagi nisbat eritrotsitlar melanjerida 1:100, leykotsitlar melanjerida 1:100 dir.Melanjerlarning kapillyar qismida 0,5 va 1 raqamlari, kengaymaning orqasida esa 101 yeki 11 raqamlari yozilgan bo’ladi. 101 belgili melanjer eritrotsitlarni sanash uchun, 11 belgilisi esa leykotsitlarni sanash uchun mo’ljallangan. Melanjerga mundshtukli rezina naycha kiygizilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |