Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet6/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

Ishni bajarish tartibi: Qonning shaklli elementlarini sanash uchun hayvonlardan qon olinadi. Qon olishda aseptika va antiseptika qoidalariga to’liq rioya qilish shart.
Laboratoriya tekshirishlari uchun hayvonlarning quloq suprasini tashqi yuzasidagi vena tomiridan va tovuqlarning tojisidan oz miqdorda qon olinadi.
Qon olish tartibi. Qon olinadigan joyning juni qaychi bilan kalta qilib olinadi. Teri avvalo spirt, keyin esa efir bilan paxta yordamida artiladi. Unga igna sanchiladi. CHiqqan birinchi qon tomchisi paxta bilan artib tashlanadi. Ikkinchi qon tomchisidan esa melanjerning 0,5 belgisigacha qon so’rib olinadi. Qonni olib bo’lgandan keyin igna sanchilgan joy spirt bilan artiladi yoki unga yod eritmasi surtib qo’yiladi.
Tezda melanjerning eritrotsitlarni sanash uchun 101 belgisigacha 3%-li osh tuzi eritmasidan, leykotsitlarni sanash uchun 11 belgisigacha 3%-li sirka kislotasining metilen ko’ki bilan bo’yalgan eritmasidan olinadi. So’ngra melanjer uchlarini qo’lning bosh va o’rta barmoqlari bilan qisib, tekis harakatlar bilan qon suyuqlik bilan aralashtiriladi. Melanjerni chayqatib bo’lgandan keyin, undan 2-3 tomchi suyuqlik paxtaga tushiriladi. Sanoq kamerasini olib ustiga qoplag’ich oynani yopib, n’yuton halqalari (kamalak) paydo bo’lguncha ishqalab bekitiladi.
Mikroskopni ish holatiga keltirib, stolchasiga sanoq kamerasi o’rnatiladi, oldin kichik (20) ob’ektiv, keyin esa katta (40) ob’ektiv ostida kamera to’rini topib, katta va kichik kvadratlarning qanday joylashgani bilan tanishib chiqiladi. Tubusni ko’tarib, kamera o’rta plastinkasining bo’sh chetiga melanjerdan bir tomchi tomiziladi. Kapillyar xususiyatiga ko’ra, tomchi qoplag’ich oyna tagiga oqib kiradi. Kamera to’rida havo pufakchalari bo’lishiga, shuningdek, oyna ustiga qon tushib qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. CHunki bu sanoqning aniq chiqishiga xalal beradi.
Eritrotsitlar har kaysisi 16 ta kichik kvadratga bo’lingan 5ta katta kvadratlarda sanaladi. Leykotsitlar esa 100 ta katta (kichik kvadratlarga bo’linmagan) kvadratlarda yoki har qaysisi 16 ta kichik kvadratlarga bo’lingan 25 ta katta kvadratlarda sanaladi. Bitta hujayrani ikki marta sanamaslik uchun hisobni katta kvadratning ustungi burchagi joylashgan kichik kvadratdan boshlab, keyin ustki qatorning ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi kvadratlariga o’tiladi. Ustki qatorni sanab bo’lgandan keyin hisobni teskari tomonga, ya’ni o’ngdan chapga olib, ikkinchi qatorga o’tiladi. Uchinchi qatorda hisob chapdan o’ngga, to’rtinchi qatorda esa yana o’ngdan chapga qarab olib boriladi.
Har bir kichik kvadratda uning chap va ustki chiziqlarida yotgan hujayralar sanaladi. O’ng va pastki chiziqlarda yotgan hujayralar boshqa kvadratlarda sanaladi. Sanoq tugagandan keyin tegishli formulalar yordamida 1 mm3 qondagi eritrotsitlar yoki leykotsitlar miqdori aniqlanadi va xulosa qilinadi.

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling