Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi
j) organlarni izolyatsiya
Download 84.39 Kb.
|
FIZILOGIYA AMALIY
j) organlarni izolyatsiya qilish usuli – bilan muayyan organ (masalan, yurak)ni tanadan ajratib olib, uni tegishli sharoitda saqlab, faoliyati kuzatiladi va o’rganiladi.
S u r u n k a l i ( x r o n i k ) usullariga quyidagilar kiradi: a) fistula (naycha) qo’yish usuli – ko’pchilik ichki organlar (me’da, ichak, me’da osti bezi va boshqalar) faoliyatini o’rganishda qo’llaniladi. Bu usulning ikki xili bor. Birinchisida organlar (me’da, ichak, qovuq, o’t pufagi va boshqalar) devori teshilib, devoridan metall yoki plastmassa naycha o’tkaziladi. O’tkazilgan naychaning ikkinchi uchi teri yuzasiga chiqarilib, mahkamlab qo’yiladi va ularning faoliyati o’rganiladi. Ikkinchi usulda esa turli bezlar yo’lini teri yuzasiga chiqarib tikiladi va ularning faoliyati o’rganiladi. b) angiostomiya usuli - qon tomirlar devoriga naycha o’rnatish. Bu usul tufayli organizmning ancha ichkarisidagi qon-tomirlardan qon olish imqoniyati tugiladi, shunga ko’ra, bu usul moddalar almashinuvini o’rganishda qo’l keladi. v) surunkali ta’sirlantirish usuli - bilan nerv sistemasi faoliyati o’rganiladi. Bu usulda miyaning turli qismlariga elektrodlar o’rnatilib, miya to’qimasiga ta’sirot beriladi va faoliyati o’rganiladi. g) radioaktiv izotoplar usuli - moddalar almashinuvini o’rganishda qo’llaniladi. Masalan, organizmda biror moddaning almashinuvini o’rganish kerak bo’lsa, o’sha moddaga belgili radioaktiv modda qo’shilib, hayvonga beriladi. So’ngra tegishli usullar yordamida organizm to’qimalaridan radioaktiv modda izlab topiladi. SHu tariqa, almashinishi o’rganilayotgan moddaning organizmdagi faoliyati haqida fikr yuritiladi. d) shartli reflekslar usuli - bosh miya yarim sharlar faoliyatini o’rganishda qo’llaniladi. e) radiotelemetrik usul - radiotelemetrik moslamalar yordamida organizmda kechayotgan jarayonlar to’g’risida uzoq masofadan turib axborot olish va ularni o’rganishda qo’llaniladi. Ma’lumki, organizmdagi barcha organlar faoliyati bir-biri bilan chambarchas bogliq bo’lib, ularda kechadigan jarayonlar bir-biri va tashqi muhit ta’sirida uzluksiz ravishda o’zgarib, o’zaro moslashib turadi. Demak, o’tkir usullar fiziologiyada ayrim organlar faoliyatini o’rga-nishda ma’lum ahamiyatga ega bo’lsa-da, ammo organizmdagi turli jarayonlarni odatdagi normal sharoitda kuzatish, o’rganish va tajribadagi hayvonda istalgan vaqtda tekshirishlar olib borish uchun uncha qo’l kelmaydi. Lekin bundan o’tkir usullardan foydalanishning zaruriyati yo’q degan ma’no kelib chiqmaydi. CHunki fiziologiya fani ko’pgina ma’lumotlarni o’tkir tajriba usullari tufayli to’pladi, bu usullar hozir ham katta ahamiyatga ega. Biroq organizm sog’lom bo’lib, tabiiy sharoitda, odatdagidek yashab turganda, unda sodir bo’layotgan hayotiy jarayonlarni to’liq bilish fiziologni ko’proq qiziqtiradi. Ana shu nuqtai nazardan xronik (surunkali) usullar benihoya katta ahamiyatga egadir. Fiziologik jarayonlarni o’rganishda biofizika, kimyo, biokimyo, va boshqa fanlarning usullaridan ham juda keng foydalaniladi. Hozirgi vaqtda shunday mukammal apparatlar ixtiro qilinganki, bularning yordamida organizmda nihoyatda qisqa vaqt ichida o’tib ketadigan jarayonlarning nozik tomonlarini ham qayd qilish mumkin. Download 84.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling