1. Hayvonlarni bog’lab qo’yish usuli – eng qulay, eng oson va har qanday sharoitda qo’llash mumkin bo’lgan usuldir. Bu usul ko’proq laboratoriya hayvonlarini harakatsizlantirish uchun qo’llaniladi. Buning uchun laboratoriya hayvonlari maxsus stollarga yotqizilib, ularning oyoqlari iplar bilan mahkam bog’lanadi va stol atrofiga tortib qo’yiladi.
2. Hayvonlarga narkoz berish usuli. Hayvonlarga narkoz ikki yo’l bilan beriladi:
a) ingalyatsiya, ya’ni hidlatish yo’li bilan;
b) in’ektsiya, ya’ni teri ostiga, muskul orasiga va vena qon tomiri ichiga narkotik moddani yuborish yo’li bilan.
Narkotik moddalar: efir, xloroform, morfin, uretan va boshqalar.
3. Nerv sistemasini shikastlash usuli. Bu usul ko’pincha baqalarni harakatsizlantirish uchul qo’llaniladi. Buning uchun baqaning orqa miyasiga igna (zond) tiqiladi va shikastlantiriladi. Natijada baqa harakatsizlanadi.
Hayvonlar ikki xil usul bilan fiksatsiya qilinadi:
1. Tik turgan holda.
2. Yiqitilgan holda.
Ikkala usul ham keng qo’llaniladi. Fiksatsiya asbob-anjomlari, avvalambor hayvonning turiga bog’liq bo’ladi. Turli xildagi stanoklar, stollar va maxsus fiksatsiya instrumentlari ishlatiladi. Stanoklar ham har bir turdagi hayvonlar uchun alohida bo’lib, ularni fiksatsiya qilish usuliga mo’ljallangan bo’ladi.
Fiziologiya - eksperimental fan bo’lganligi uchun uning asosiy va bosh usuli eksperiment, ya’ni tajribadir. Fiziolog organizmda kechadigan hayotiy jarayonlarning u yoki bu tomonlari to’g’risida tushuncha hosil qilish uchun dastavval hayvonlarda kuzatishlar olib boradi.
Ammo u kuzatishlar bilangina kifoyalanib qolmay, tanlab olingan hayvonlarda tajribalar o’tkazadi, ya’ni eksperiment qo’yadi. Ana shu tajribalarda kuzatish bilan bir qatorda eng zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanib, hayotiy jarayonlarning tegishli tomonlarini chuqurroq o’rganishga harakat qiladi. Tajribalarda olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, tegishli ravishda o’rganilayotgan fiziologik jarayon to’g’risida xulosa chiqarib, yakun yasaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |