Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet10/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

b) diastolik ton. Yurak qorinchalarining diastolasi vaqtida yarim oysimon klapanlarning yopilishi tufayli hosil bo’ladi. Diastololik tonn kalta, jarangdor bo’ladi va «Dup» (yoki duk) tarzida eshitiladi.
5. Kardiografiya – kardiograf asbobi yordamida yurak faoliyatini yozib olib o’rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqga kardiogramma deyiladi. Bu usulda yurak turtkilari yoki zarbi o’rganiladi. Odam va hayvonlarda ikki xil yurak turtkilari farqlanadi:
a) uchi bilan turtkisi odam va itlarda kuzatiladi;
b) yoni bilan turtkisi otlar va boshqa hayvonlarda kuzatiladi.
6. Elektrokardiografiya (EKG) - elektrokardiograf asbobi yordamida yurakda hosil bo’ladigan biopotentsiallarni yozib olib, yurak faoliyatini o’rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqga elektrokardiogramma deyiladi.
7. Fonokardiografiya - yurak faoliyatini eshitib, yozib olib o’rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqga fonokardiogramma deyiladi.
8. Rentgenografiya.
9. Rentgenoskopiya . Rentgen nurlari yordamida o’rganish usullari.
10. Flyurografiya.
11. Tonometriya – qon bosimini aniqlash usuli. Bu usulda sfigmomano-metr va fonendoskop asboblaridan foydalaniladi.
12. Flebografiya – vena pulьsini yozib olib o’rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqga flebogramma deyiladi.
13. Sfigmografiya – arteriya pulьsini yozib olib o’rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqga sfigmogramma deyiladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Hayvonlar fiziologiyasi fanining maqsadi va vazifalarini ayting.
2. Tajribalarni o’tkazishda qanday hayvonlardan foydalaniladi?
3. Tajribalarni o’tkazishda qanday asbob-uskunalardan foydalaniladi?
4. Tajriba o’tkazish uchun hayvonlar qanday usullar bilan
harakatsizlantiriladi?
5. O’tkir va surunkali tajriba usullarini ayting.
6.Qon surtmasi qanday tayyorlanadi?
7. Qon surtmasini tayyorlashda ishlatiladigan bo’yoqlarni ayting?
8. Qon surtmasi nimada va qancha vaqt fiksatsiya qilinadi?
9. Leykotsitlarning qanday turlarini bilasiz?
10. Donali va donasiz leykotsitlarni farqlab bering?
11. Yurakning tuzilishi va ish faoliyatini tushuntiring.
12. Yurakning tonlari va zarbi (turtkisi)ni tushuntiring.
13.Pulьs nima, qanday hosil bo’ladi? Arteriya va vena pulslarini tushuntiring.
14. Yurak faoliyatini o’rganish usullarini ayting.
15. Qon tomirlari faoliyatini o’rganish usullarini ayting.
2-mavzu.Ekstrasistola va kompensator pauza hosil qilish. Yurak avtomatiyasi. Yurak faoliyatini reflektor boshqarilishi. Qon bosimi va uni aniqlash usullari.Qon tomirlar faoliyatini boshqarilishi.
Darsning maqsadi: Sistola, diastola, pauza, ekstrasistola va kompensator pauza haqida tushunchaga ega bo’lish. Kardiografiya va elektrokardiografiya o’tkazishni o’rganish.

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling