Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


- ish. Yurak harakatlarini yozib olish - kardiografiya


Download 84.39 Kb.
bet12/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

1 - ish. Yurak harakatlarini yozib olish - kardiografiya.
Baqani olib orqa miyasini igna bilan falajlaymiz. Taxtachaga orqasi bilan chalqanchasiga yotqizib, ko’krak qafasi qaychi yordamida ochiladi. Baqaning yuragi topilib, xaltasidan, yurak tutqichidan ajratiladi. Yurakning uch qismi qisqichga maxkamlanib, yozuvchi peroga ulanib, yurak ishi kimografga yoziladi. Yurak qurib qolmasligi uchun unga har 2-3 daqiqada Ringer eritmasidan tomiziladi. Bajarilgan ishlarga qaydnoma yoziladi va kardiogramma chiziladi.


2 -ish. Ekstrasistola va kompensator pauzani hosil qilish.
Orqa miyasi shikastlantirilib, harakatsizlantirilgan baqa taxtachaga yotqiziladi. Ko’krak qafasi ochilib, yurakning uch qismidan qisqichga mahkamlanadi. Qisqich ip orqali pshangga ulanadi. Pshangning ikkinchi uchiga pero qo’yilib, kimograf nogorasiga yoziladi. Me’yordagi yurak urishi yozilgach, yurakning diastola fazasiga ta’sirot beriladi (sinus tuguniga igna sanchamiz), ekstrasistola hosil bo’ladi, ekstrasistolani daftarga chizib talabalarga tushuntiriladi.
Yurakning diastola fazasida qo’shimcha ta’sirotlar yordamida navbatdan tashqari qisqarishiga - ekstrasistola deyiladi.
Kompensator pauza - odatda yurak sinusidan kelib turadigan impulslar qorinchaning qisqarishiga to’gri keladi. Ekstrasistola vaqtida esa sinusdan kelayotgan navbatdagi impuls yurakning absolyut refrakter davriga to’g’ri kelib, yurak muskullari qo’shimcha ta’sirotga javob bermay qoladi-da, pauza uzayib ketadi, bunga kompensator pauza deyiladi.
Rasm chiziladi, qaydnoma yoziladi.


Yurak avtomatiyasi.
Yurak muskullarining mustaqil ishlash qobiliyatini va ahamiyatini Stannius tajribasida o’rganish.
Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar:
1. Laboratoriya hayvoni: baqalar.
2. Reaktivlar: Ringer eritmasi.
3. Jihozlar: po’kak taxtachalar, ignalar, qaychi, pintset, paxta, ip.


Yurak muskullari avtomatiya, ya’ni mustaqil ravishda ishlash qobiliyatiga ega. Yurak muskullari unga markazdan impuls kelmaganda ham, bevosita o’zida hosil bo’layotgan impulslar ta’sirida mustaqil ravishda ishlay oladi.
Baqa yuragini tanasidan ajratib olib, Ringer eritmasiga solib qo’yilsa, bu yurak bir necha soat, hatto bir necha kun davomida ishlab turishi mumkin. Barcha issiq qonli hayvonlar, hatto odamlarning yuragi ham, tegishli sharoit yaratilsa, tanadan tashqarida bir necha soat davomida bir maromda ishlay oladi.
Yurak avtomatiyasini tushuntiruvchi ikkita nazariya bor:

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling