1-ish. Gol’ts tajribasi.
Baqa efirli narkoz bilan uxlatiladi, so’ngra, taxtachaga chalqanchasiga yotqiziladi, oyoqlari taxtachaga maxkamlanadi. Yuragi ochilib, 1-daqiqa davomida yurak urishi sanaladi. Keyin skalpelning dastasi bilan baqaning qorniga 1-2 marta uriladi va yurak urishi sanaladi. Yurak urishi me’yoridan kamayadi. Tajribaning refleks yoyi quyidagicha: ta’sirot berilgach, qorin (quyosh chigali) asabi orqali uzunchoq miyaga keladi, undan adashgan asab orqali yurakka borib, yurak ishi sekinlashadi.
2-ish. Danini - Ashner tajribasi.
Bu tajribani talabalar ikkitadan bo’lib bajaradilar. Ular oldin o’zlarida 1 daqiqalik pulslarini sanashadi (2-3 marta). Keyin o’rtacha arifmetik qiymatini topadilar. So’ngra tekshiruvchi odam bir qo’lini ko’rsatkich va nomsiz barmoqlari bilan tekshiriluvchining ko’z olmasini 5-8 sekundgacha sekin bosib turadi va pulsini sanaydi. Bunda yurak urishi me’yordagidan 8-10 martagacha kamayishini kuzatamiz.
Bu tajribaning refleks yoyi quyidagicha: ko’zga berilgan ta’sirot ko’z olmasini harakatlantiruvchi asabning sezuvchi tolalari orqali uzunchoq miyaga keladi, undan keyin esa qo’zg’alish adashgan asabga borib, yurak urishini sekinlashtiradi.
3-ish. I.M.Sechenov tajribasi.
Uzunchok miya ta’sirlanganda yurak faoliyatining sekinlashuvi.
Baqaning bosh miyasi uzunchoq miya chegarasidan kesiladi, yurak ochiladi, yurak urishi sanaladi. Miyaning kesilgan joyiga bir necha tuz parchasidan qo’yiladi va yurak faoliyati kuzatiladi (yurak urishi sekinlashadi, keyinchalik to’xtaydi). Yurakning to’xtashi uchun ketgan vaqt (latent davr) aniqlanadi. Tuzni suv bilan yuvib tashlab, yurak faoliyatining sekin-asta qayta tiklanishi taqqoslanib, xulosa chiqariladi.
Qon bosimi va uni aniqlash usullari.Qon tomirlar faoliyatini boshqarilishi.
Qon bosimi, maksimal, minimal, puls bosimlari va ularga ta’sir etuvchi omillar haqida tushunchaga ega bo’lish. Odam va hayvonlarda qon bosimini aniqlashni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |