Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet17/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

2. Riva-Rochchi usuli
Qon bosimini aniqlashda qonsiz usul keng qo’llaniladi. Buning uchun sfigmomanometrdan foydalaniladi.
Arteriyalarda qon bosimi aniqlanayotganda simobli, venalarda bosim past bo’lganligi uchun suvli manometrlardan foydalaniladi.
Kapillyarlardagi qon bosimi Krog usuli bilan o’lchanadi. Buning uchun kapillyarlarni mikroskop ostida kuzatib turib (kapillyaroskopiya), maxsus kamerada kapillyarlarda oqayotgan qonni to’xtashi uchun zarur bo’lgan bosim hosil qilinadi. Kapillyarlarda oqayotgan qonni to’xtatish uchun hosil qilingan bosim ulardagi qon bosimiga teng bo’ladi.
Qon bosimi ko’rsatkichiga yurakning sistolik va daqiqalik hajmi, arteriola va kapillyarlarning qonga ko’rsatadigan qarshiligi, qonning yopishqoqligi, nerv sistemasi va umuman organizmning holati, tomirlarda aylanayotgan qonning miqdori, tashqi muhit harorati, sutkaning davri, hayvonning turi, zoti, yoshi, mahsuldorligi kabi omillap ta’sir qiladi.
Qon depolaridan qonning tomirlarga ko’p chiqarilishi oqibatida tomirlarda aylanayotgan qon miqdorining ko’payishi qon bosimining oshishiga sabab bo’ladi. Tomirlardan talaygina qon yo’qolishi qon bosimining pasayishiga olib keladi. Yurak ishining tezlashishi, tomirlar diametrining torayishi qon bosimining oshishiga sabab bo’ladi va aksincha.
Jismoniy ish vaqtida venalardan yurakka ko’p qon kelishi tufayli yurakning daqiqalik hajmi oshadi va depo qonining ma’lum qismi tomirlarga chiqariladi. Natijada jismoniy ish vaqtida ham qon bosimi ko’tariladi.
Adashgan nerv ta’sirlanganda yurak ishi sekinlashib, qisqarish kuchi kamayadi, oqibatda qon bosimi pasayadi. Qon bosimi kechalari kunduzgiga qaraganda pastroq bo’ladi.
Hayvon yoshi ulg’aygan sari tomirlar elastikligining yo’qola borishi tufayli qon bosimi oshib boradi. 2 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan sigirlarning dum arteriyasida maksimal bosim simob ustuni hisobida 107-120 mm, 8 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan sigirlarda esa 123-128 mm bo’lishi aniqlangan.
Dum arteriyasidagi qon bosimi mahalliy jaydari mollardagiga qaraganda ostfriz zotli sigirlarda 6 mm baland bo’lishi kuzatilgan.
Sut mahsuldorligining ko’payishi qon bosimining ko’tarilishiga sabab bo’ladi, degan ma’lumotlar bor. Masalan, sog’ib olinayotgan sutning 10 l oshishi qon bosimining 30 mm ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Kichik qon aylanish doirasida bosim katta qon aylanish doirasidagi bosimdan 5-6 baravar pastdir.

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling