Sog’lom hayvonlar qon bosimi (mm simob ustuni hisobida)
Hayvon turi
|
Maksimal bosim
|
Minimal bosim
|
Aniqlash joyi
|
Ot
|
100-120
|
35 – 50
|
Dum arteriyasi
|
Qoramol
|
110-140
|
35 – 40
|
Dum arteriyasi
|
Tuya
|
130-155
|
50 – 70
|
Dum arteriyasi
|
Qo’y va echki
|
100-120
|
50 – 65
|
Son arteriyasi
|
It
|
120-140
|
30 – 40
|
Son arteriyasi
|
1 – ish: Hayvonlapda qon bosimini aniqlash.
Sfigmomanometr yordamida qon bosimini aniqlash uchun uning manjetasi hayvon oyog’iga yoki dumiga bog’lanadi. Manjeta ichidagi rezina kamera naycha orqali simobli manometrga tutashtiriladi.
Qon bosimi aniqlanayotgan arteriyaga fonendoskop qo’yilib, quloq solinadi. So’ngra sfigmomanometrning rezina grushasi yordamida dam berib, manjetasiga havo haydaladi. SHu havo bosimi arteriyani qisib, qon oqishini to’xtatadigan darajaga yetkaziladi. So’ng maxsus klapan yordamida havo kameradan asta-sekin chiqariladi. Manjetadagi havo bosimi tekshirilayotgan arteriyadagi qonning sistolik bosimiga tenglashganda, arteriyaning qisilgan joyidan katta tezlik bilan kelayotgan qonning tomir devoriga urilishi oqibatida maxsus tovush hosil bo’lib, bu tovush fonendoskopdan eshitiladi. Bu vaqtda manjetadagi havo bosimi qonning maksimal (sistolik) bosimiga baravarlashganini manometrning simob ustunidan ko’rib, tekshirilayotgan qonning arteriyadagi sistolik bosimi to’g’risida fikr yuritiladi. So’ngra manjetadagi havo yana chiqarila boshlanadi. Bosim arteriyadagi qonning diastolik bosimiga tenglashganda, fonendoskopda tovush yo’qoladi. Tovushning yo’qolish payti manometr simob ustunining qaysi darajasiga to’g’ri kelgani belgilanadi. Bu minimal (diastolik) bosimga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |