Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


Download 84.39 Kb.
bet26/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

1. Adekvat ta’sirotchilar – muayyan to’qima uchun xos bo’lgan ta’sirotlar (masalan: ko’z uchun yorug’lik, muskul uchun nerv impulьsi).
2.Noadekvat ta’sirotchilar – muayyan to’qima uchun xos bo’lmagan ta’sirotlar (masalan: muskulga tabiiy sharoitda ta’sir etmaydigan ta’sirotlar: kislota, ishqor, elektr toki, issiqlik va boshqalar).
Ta’sirotchilar kuchiga qarab uch xil bo’ladi:

  1. Pog’ona ta’sirotchilar qo’zg’aluvchan to’qimaning qo’zg’alishi uchun

kifoya qiladigan eng minimal kuchga ega ta’sirotchilar.

  1. Pog’ona osti ta’sirotchilar qo’zg’aluvchan to’qimaning qo’zg’alishi

uchun kifoya qiladigan eng minimal kuchdan past kuchga ega ta’sirotchilar.

  1. Pog’ona usti ta’sirotchilar – qo’zg’aluvchan to’qimaning qo’zg’alishi

uchun kifoya qiladigan eng minimal kuchdan yuqori kuchga ega ta’sirotchilar.
To’qima qo’zg’alganda avvalo, umumiy belgilari yuzaga chiqadi: moddalar
almashinuvi tezlashadi, turli miqdor va sifat o’zgarishlari ro’y beradi. So’ngra qo’zg’alayotgan to’qimaning o’ziga xos belgilari kuzatiladi: muskul qisqaradi, nerv tegishli impulьslarni o’tkazadi, bez shira ajratadi.
Qo’zg’alishning umumiy qonuniyatlari nerv-muskul preparatida o’rganiladi. Nerv-muskul preparati baqaning quymich nervi va boldir muskulidan tayyorlanadi.
1-ish: Nerv - muskul preparatini tayyorlash.
Baqa qorni bilan kaftga qaratib, chap qo’lga olinadi. Katta barmoq bilan baqaning boshi oldinga egiladi. Ensa suyagidan orqaroqda joylashgan kichkina chuqurcha topiladi va unga 1-2 mm chuqurlikda ajratuvchi ignaning uchi kiritiladi. Igna uchining bir necha ko’ndalang harakatlari bilan bosh miya orqa miyadan ajraladi.
Bundan keyin igna tanaga nisbatan 90 S buriladi va umurtqa kanali va orqa miya zararlanadi. Igna umurtqa kanalidan chiqarilib, kalla bo’shlig’iga kiritiladi va bosh miya zararlanadi. Keyin baqaning orqa oyoqlaridan ushlab umurtqa pog’onasi chanoqdan 10 mm yuqoriroqdan kesiladi. Tananing oldingi qismi olib tashlanadi. Qo’lda baqaning orqa oyoqlari chanoq va umurtqa pog’onasining ozroq qismi bilan qolish kerak. Orqa oyoqlar terisi paypoq shaklida shilinadi.
Ichki a’zolarning qoldiqlari olib tashlanadi. Umurtqa pog’onasi o’rta chiziqdan kesiladi. Dum suyagi olib tashlanadi. CHanoq son birlashmasi kesilib, oyoqchalar ajratiladi. Bitta oyoq Ringer eritmasiga solib qo’yiladi, boshqasini pereparovka qilish davom ettiriladi. Qaychi uchi bilan bel-dumg’aza chigali sohasida chanoq suyagi umurtqa pog’onasidan ajratiladi. CHigal umurtqa pog’onasi bilan birlashgan holda qolishi lozim. Bel-dumg’aza chigali chanoq son bo’g’imigacha ajratiladi.
Son sohasida ikki boshli va yarim pardali muskullar orasida quymich asabi topiladi. Asab umurtqa pog’onasidan tizza bo’g’imigacha shoxlari ehtiyotkorlik bilan kesilib ajratib olinadi. Tizza bo’g’imidan yuqorida joylashgan quymich asabidan boshqa hamma to’qima olib tashlanadi. Son suyagi tizza bo’g’imidan 1,5-2,0 sm yuqoriroqdan kesiladi. Boldir muskuli-ning payi ip bilan bog’lanadi va pastroqdan kesiladi. Shunday qilib, boldir muskuli va quymich asabidan iborat nerv-muskul preparati tayyorla-nadi. SHu narsani esda tutish kerakki preparatning qisilishi, tortilishi, qurib qolishi uni zararlaydi va u qo’zg’aluvchanligini yo’qotishi mumkin.



Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling