Fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot materiallari. Bilim sohasi


-ish. Klod Bernar tajribasi


Download 84.39 Kb.
bet20/33
Sana20.06.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1635203
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
FIZILOGIYA AMALIY

1-ish. Klod Bernar tajribasi.
Quyon qorni yuqoriga qaratilib, taxtachaga maxkamlanadi. Qon tomiriga 3-5 ml 40% li uretan yuboriladi. Bo’yin qismidagi juni olinadi. Quyon uxlagandan keyin o’rta yo’l orqali bo’yin terisi kesiladi.
Mushaklari yorilib, traxeyadagi qon tomir topiladi. Bu tutamda uyqu arteriyasi, sayyox simpatik va qon tomirlarni kengaytiruvchi (depressor) asab joylashgan. SHu tutamda ko’kish - oq rangli simpatik asab tolasi mushaklar ichiga tushirilib, jarohat tikiladi. Asab bog’langan ip yuqorida qolishi kerak. Tikilgan joyga yod surtilib, quyon qafasga solib qo’yiladi. 30-60 daqiqadan keyin quyon quloqlarining rangi va harorati tekshiriladi. Simpatik asab tolasi kesilgan tomondagi quloq qizil tusini oladi, uning qon tomirlari esa kengayadi. Quloqlarning harorati tekshiriladi va farqi aniqlanadi. Simpatik asab tolasi bog’langan ip asta-sekinlik bilan tortilib, elektr toki bilan ta’sirlanadi. Elektr toki yordamida qitiqlaganda qon tomirlar torayadi, quloq oqaradi.


Nazorat uchun savollar:
1. Sistola, diastola va umumiy pauza nima?
2. Refrakterlik nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
3. Ekstrasistola va kompensator pauza nima?
4. Kardiografiya, kardiogramma, elektrokardiografiya va elektroardiogramma nima?
5. EKGni o’tkazish tartibini tushuntiring.
6.Yurak avtomatiyasi deganda nimani tushunasiz va u qanday yuzaga
keladi?
7. Yurakning o’tkazuvchi sistemasini tushuntiring.
8. Stannius tajribasi qanday o’tkaziladi?
9. Avtomatiya xususiyatini tushuntiruvchi nazariyalarni ayting.
10. Yurak avtomatiyasini boshqaruvchi tugunni ayting.
11.Yurak ishini boshqaruvchi nerv markazlarini ayting.
12.Simpatik va adashgan nerv yurak ishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
13. D.Ashner va Golьts tajribalarining mohiyatini tushuntiring.
14. Refleksogen zonalarning mohiyatini tushuntiring.
15. Taxikardiya, bradikardiya va aritmiya nima?
16. Qon bosimi nima? U qanday hosil bo’ladi va nimalarga bog’liq?
17. Maksimal, minimal va pulьs bosimlari nima?
18. Qon bosimiga ta’sir etuvchi omillarni ayting.
19. Qon bosimi qanday va qaysi usullar bilan aniqlanadi?
20. Gipertoniya va gipotoniya nima?


Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling