Darsga kerak bo’ladigan hayvonlar va jihozlar:
1. Qishloq xo’jaligi hayvonlari.
2. Jihozlar: sfigmomanometr va fonendoskop.
Qon bosimi deb, yurakning ishlashi tufayli tomirlarga otilib chiqadigan qonning tomir devoriga beradigan bosimiga aytiladi.
U asosan yurak ishiga va tomirlar devorining tonusiga bog’liq bo’ladi. Qorinchadan tomirga o’tgan qon zarrachalari yurakdan uzoqlashib borgan sari, ularning tomir devoriga ko’rsatadigan bosimi ham shuncha kamayib boradi.
Tomir tarmoqlanib, diametri torayib borgan sari, uning oqayotgan qonga ko’rsatadigan qarshiligi ham shuncha ortib boradi. Tomir diametri qancha kichik bo’lsa, qonning bosimi ham shuncha past bo’ladi.
Binobarin, eng baland bosim aortada kuzatiladi. Arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarga o’tilgan sayin bosim muntazam ravishda so’na boradi. Kichik diametrli venalarda bosim juda past bo’lib, yirik venalarda yanada kamayadi. Oqibatda kovak venalarda bosim hatto manfiy bo’lib qoladi ham.
Qorinchalar sistolasi paytida arteriyalarda bosim maksimal darajada ko’tariladi, diastola paytida esa minimal darajaga tushadi. SHunga ko’ra, qorinchalar sistolasi paytidagi bosimga maksimal (sistolik) bosim, diastolasi paytidagi bosimga esa minimal (diastolik) bosim deyiladi. Sistolik bosim bilan diastolik bosim oralig’ida bosimning o’zgarish amplitudasiga puls bosimi yoki puls ayirmasi deyiladi.
Qon bosimini o’lchashning ikki xil usuli bor:
1. Qonli usul (K. Lyudvig usuli)
2. Qonsiz usul.
Qon bosimini qonli usul bilan aniqlash ancha mushkul. Buning uchun hayvonga narkoz berish, uni harakatsizlantirish, qimirlamaydigan qilib bog’lab qo’yish va shularga o’xshash boshqa choralarni ko’rish kerak.
Odamlarda qon bosimi 2 xil usul bilan aniqlanadi:
1. Korotkov usuli
Do'stlaringiz bilan baham: |