Fani bo’yicha mavzu: Buyumlar internetida xafsizlik muammolari. Bajardi: Tekshirdi: reja: Buyumlar interneti nima? 2
Download 1.75 Mb.
|
sarvar 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyumlar Internetini ta’riflash
Xo‘sh, bundan maqsad nima?
Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bo‘lgani bu - erinchoqlikdir. o‘sha Romki ham tosterni o‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bo‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qo‘yasiz. Ular esa, internet orqali o‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini ko‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qo‘yib yoqib qo‘yadi. Zo‘r-a? To‘g‘rimi? Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi. Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Tayinki, ayniqsa ayollar ko‘p bora allaqachon uydan chiqib bo‘lib, keyin miyasiga «lop» etib uradigan «dazmolni o‘chirmay chiqqan bo‘lsam-a» - degan holatga tushishgan. Ba'zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qo‘shnilarni ham qiynab qo‘ygan holatlar bo‘lgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. o‘sha dazmolni basharti o‘chirmay chiqqan bo‘lsangiz ham, uni masofadan turib, telefoningiz orqali o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan ko‘p qo‘l tekkizilmasa, avtomatik ravishda o‘zini-o‘zi tokdan o‘chirsin. Buyumlar Internetini ta’riflash Bugungi kunga kelib, mutaxassislar Buyumlar Interneti nima ekanligini aniqlash borasida bir fikrga kela olishmadi. Quyida nufuzli tashkilotlar tomonidan aytilgan ta’riflar keltirilgan "Buyurmalar Interneti" atamasi ( inglizcha - Internet of Things, qisqartirilgan IoT ) Internetga ulangan va bir-biri bilan yoki tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan jismoniy obyektlar ("Buyumlar") tarmog‘ini anglatadi. Internet – buyum ( Internet of Things, IoT ) - bu tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, ularning holati to‘g‘risida ma’lumot uzatish va tashqaridan ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi ichki texnologiyalarga ega bo‘lgan jismoniy ob’ektlar tarmog‘i Internet – buyum ( Internet of Things, IoT ) – jismoniy obyektlarga o‘rnatilgan va internetni bog‘lovchi Internet protokol (IP) yordamida kabel yoki simsiz tarmoq orqali ulangandatchiklar va uzatgichlar (bajaruvchi moslamalar). ITUning Telekommunikatsiya standartlar bo‘limi (International Telecommunication Union, Xalqaro, telekommunikatsiya ittifoq’i ) "Buyumlar Interneti haqida tavsilot» deb nomlangan Tavsiya Y.2060 (Overview of the Internet of Things) e’lon qilindi. Ushbu hujjat IoTni tavsiflovchi quyidagi ta’riflarni o‘z ichiga oladi: Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling