Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


D-t 8330-«Paylar va ulushlar» K-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislar dan ulushlari bo‘yicha qarzlar»


Download 2.21 Mb.
bet91/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

D-t 8330-«Paylar va ulushlar» K-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislar dan ulushlari bo‘yicha qarzlar».
Agar muassis chiqib ketayotgan paytda MChJ ma’lum jamgarilgan foydaga ega bo‘lsa, u xrlda ta’sis xujjatlariga belgilangan nisbatga muvofiq muassislarning unga ham haqki bor.
D-t8720-«Jamgarilgan foyda»K-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar».
Muassis chiqib ketayotganida olgan jamg‘arilgan foyda summasidan olgan jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘ini to‘lashi lozim. Muassis ustav sarmoyasidan o‘z ulushini olib chiqib ketayotganida xech kanday chegirma va ajratmalarsiz ham olib chiqib ketishi mumkin.
Muassis chiqib ketayotganida uning qarzining to‘lanishiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar» K-t 5010, 5110-«Pulmablag‘lari».
Ta’sischilar bilan hisoblashishishlar. Korxona ro‘yxatdan o‘tganidan sung ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga korxona oldida muassislarning qarzi vujudga keladi. Ta’sischilarning ustav kapitaliga bo‘lgan qarzlari bo‘yicha olib boriladigan xieob-kitoblarning hisobi 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag‘ida olib boriladi. 4610-hisobvaraq aktiv bulib, debet saldosi ta’sischilar­ning oy boshiga bo‘lgan saldosini ko‘rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti ta’sischilar tomonidan utkazib berilgan pul mablag‘lari, moddiy qiymatliklar va mulklar qiymatini ko‘rsatadi.
Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini yuritish uchun asos bulib ta’sis xujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qabul-qilish-topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari va boshqalar hisoblanadi.
Ruyxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag‘i debetlanib, 8310-«Oddiy aktsiyalar», 8320-«Imtiyozli aktsiyalar» va 8330-«Paylar va ulushlar» hisobvaraqlari kreditlanadi.



Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling