Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar va davr xarajatlari hisobi


Download 2.21 Mb.
bet101/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

3. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar va davr xarajatlari hisobi Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
  • undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar; - hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda;


  • ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar;


  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;


  • da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;


  • tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash;


  • davlat subsidiyalaridan daromadlar; - xolisona moliyaviy yordam;


  • boshqa muomala daromadlari.


Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:


9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
9320-«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
9330-«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar»
9340-«O‘tgan yil foydasi»
9350-«Operativ lizingdan olingan daromad»
9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar»
9370-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari» 9380-«Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» 9390-«Boshqa operatsion daromadlar».
Ushbu schyotlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti foyda (daromad)ning ko‘payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling