Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim soxasi


D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»


Download 2.21 Mb.
bet80/224
Sana14.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1703301
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   224
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi

D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»
|K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot».
Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob xujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati etgan va to‘lash muddati etmagan hisob-kitob xujjatlari bo‘yicha alohida hamda to‘lashga qabul kilinmagan, ma’sul shaxsda bo‘lgan jo‘natilgan tovarlar alohida hisobga olinadi.
5.Sotish xarajatlari hisobi

Mahsulotni realizatsiya qilish bir kancha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday turdagi xarajatlar sotish xarajatlari deb yuritiladi. Ushbu turdagi xarajatlarni to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida ,aks ettirish xar bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi Sotish xarajatlarini hisobga olish «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan amalga oshiriladi. Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:


  • temir yul, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib kolganligi uchun tulangan jarimalar;


  • savdo va umumiy ovkatlanish korxonalarining ish xarajatlari;


-mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashkari;


  • ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;


  • savdo extiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga


    olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;
  • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;


- sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-tovog‘i va anjomlari eskirishi;


  • gaz, yoqilgi, elektr energiyasi xarajatlari;


  • tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari;


    -savdo reklamasi xarajatlari;

-tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha bo‘lishi


-o‘rash-joylash materiallari xarajatlari; -mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish xarajatlari;
- mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari;
- ventilyatorlar, mashinalar va ularning xarakatlanuvchi qismlarini o‘rnatish va
saklash, tuynuklar, boshkalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar;
-maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallar qiymati; -umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga hak to‘lash;
- kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari;
  • umumiy ovkatlanish korxonalarida kogoz salfetkalar, krgoz dasturxonlar, kogoz


    stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati;
  • sotish bozorlarini urganish bo‘yicha belgilangan normativlar doirasida va undan


    ortiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar);
  • ilgari ish joyi bo‘yicha lavozim oklad miqdorini saklagan holda boshqa tashkilotlar


    korxonalardan, shuningdek vaqtinchalik o‘rindoshlik bo‘yicha xodimlarga to‘lanadigai
    okladlardagi farq
  • sovun, apteka, dori-darmon vositalarining qiymati;


  • soliqlar (er uchun, mulk uchun, avtotransport vositalari uchun);


-umumiy foydalanishdagi avtomobil yullarini saqlashga va ta’mirlashga


ajratmalar;
-bank xizmatlariga to‘lovlar;
Yukorida biz keltirgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bulib, kaysi davr bo‘lmasin, uning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Uning debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ining analitik hisobi 15-sonli kaydnomada xarajatlarning debet va kredit oboroti bo‘yicha ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal-orderlarida aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari esa №11 –jurnal
order da aks ettiriladi.Sotish xarajatlari xar oyda to‘liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga o‘tkaziladi:

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling