Fanidan akademik litseylar fizika kursida
AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKA KURSLARI
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Rajabov Otabek 2g-fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4.MEXANIKANING ASOSIY GʻOYALARI.
2.3. AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKA KURSLARI
Mexanika elementlarini organishda bosib otilgan yol tushunchasi kiritiladi. Kochish tushunchasini kirita turib uni yol uzunligi tushunchasidan aniq ajrata olish kerak. Kinematikani organish mexanik harakat tushunchasidan boshlanadi. Bunday harakat bir jismning boshqa jismga nisbatan vaziyatning ozgarishi bilan aniqlanadi. Mexanik harakat, tekis harakat, notekis harakat, trayektoriya kabi tushunchalarni orga-nishdagi metodika shunday bolishi kerakki, darsda va sinfdan tashqari ishlarda kuzatishlarga imkoniyat yaratish juda muhim. Oʻquvchilarda kuzatishlarga, solishtirishlarga va xulosalarga qiziqishlar paydo bola boshlashi ular tajribalarda fizik hodisalarni topa bilishga organishlari va aniq fizik tasavvurlarga tayangan holda mexanika tushunchalaridan foydalanishlari muhimdir. Mexanik harakatning universialligi shundan iboratki, zarralardan tashkil topgan barcha moddiy jismlar harakat qiladi. Jismlarni tashkil etgan barcha zarralar doimiy harakatda boladi. Mexanik harakat materiya harakatining tarkibiy qismi bolishi bilan birga eng murakkab shakli hisoblanadi. Nisbiylik muammosi hozirgi zamon fizikasining asosiy goyalaridan biridir. Nisbiylik tushunchasining shakllanishi mexanik harakatning nisbiyligidan boshlanadi. Chunki mexanikada harakatning tarektoriyasi, yoli, tinch yoki harakat holatini baholaganda biror sanoq boshiga nisbatan baholanadi. Jismning harakati turli sanoq sistemasiga nisbatan turlicha boladi. Demak, har qanday harakat har qanday tinchlik nisbiy ekan. 2.4.MEXANIKANING ASOSIY GʻOYALARI. Kinematika bolimini organishni tugatgach, otilgan mavzular boyicha bilimlarni umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Umumlashtirish uchun jadval tozib, jadvalda togri chiziqli harakat, tekis va tekis tezlanuvchan harakatda tezlik, tezlanish, kochish va koordinatalarning vaqtga bogliqligini ham analitik ham grafik usulda keltiriladi. Bilimlarni umumlashtirishda tekis va tekis tezlanuvchan harakatni taqqoslashda bunday grafiklar ustida ishlash oquvchilar bilimini mustahkamlash nuqtai nazaridan juda foydalidir. Organilgan oquv materialini jadvallar yordamida umumlashtirish bilimlarni takrorlash va chuqurlashtirishdan tashqari taqqoslash va sistemalashtirish kabi fikrlash jarayonlariga organish borasida ham afzalliklarga ega. Modellardan foydalanish jarayoni esa oz-ozida tushunchalarni bayon etish uslublarini yengillashtirish va osonlashtirishga olib keladi. Oydinlashtirish maqsadida modellashtirishning oziga xoslik tomonlaridan foydalanish mumkin. Keyingi yillar davomida Kinematika asoslari bolimining masalalari koordinata metodidan foydalanib yechilib kelindi. Talim tizimida masalalar yechishning bu xildagi usuli kinematika asoslarini organishda yaxshi natija bermadi. Chunki, umumiy orta maktablarda trayektoriyasi malum bolgan asosiy harakat organiladi (togri chiziqli va aylana boylab harakat). Dinamikaning qonunlari mexanikaning muhim qismidir. Nyuton klassik mexanikasi mohiyatiga kora, dinamika qonunlarini oz ichiga oladi va uning asosiy nazariyasini tashkil etadi. Bundan dinamika qonunlarini organishning ahamiyati kelib chiqadi. Dinamikani organishni boshlayotgan har bir oquvchida harakat togrisida va uning kuchlar bilan bogliqligi haqida malum hayotiy tasavvur bor. Massa tushunchasi bilan oquvchilar maktabgacha davrda hayotiy tajribalarida qisman tanish boladilar. Asosan massa tushunchasi bilan VI sinfda tanishadilar. Nyutonning II qonuni jismning massasi, ikki jism ozaro tasirini xarakterlaydigan kuch va ozaro tasirlashuvda jism olgan tezlanish orasidagi boglanishni ifodalaydi. Shu bilan birga jismning inertlik olchovi bolgan massaning mohiyatini ochishga imkon beradi. Massa jism inertlik xossasini ifodalashni tajribada namoyish qilib korsatish muhimdir: katta massaga ega bolgan jism ozaro tasirlashuv natijasida kichik tezlanish oladi, kichik massaga ega bolgan jism katta tezlanish oladi. Buni amalga oshirishda oquvchilarga savollar berilsa, oquvchilar turmushda korib yurganlariga tayanib togri fikrlay oladilar. Masalan, 40 km/soat tezlik bilan kelayotgan massasi 200 t bolgan vagonni toxtatish osonmi yoki oshanday tezlik bilan ketayotgan 200 kg bolgan mototsiklnimi? Albatta berilgan savollarga oquvchilar togri javob beradilar, ammo uni tajribada namoyish qilib korsatish, yani massa jism inertligining olchovi ekanligini amalda isbotlab korsatish ilmiy ahamiyatga ega. Buning uchun biz teng hajmli (temir, allyuminiy, yogoch) parallelopiped shaklidagi jismlarni olib, ularni bir xil buyoq bilan buyab (uni qanday materialdan yasalganligini yashirish uchun) nomerlab, qiya novdan dumalab toshayotgan sharni yoliga birin-ketin quyib, dumalayotgan shar nomerlangan teng hajmli jism-tosiqlarni qay birini koproq masofaga siljita oldi?-degan savol oquvchilarga berilsa, ular togri javob bera olmaydilar. Songra oquvchilar koz ongida tajriba qilinib, har bir nomerlangan jism bilan novda dumalayotgan shar ozaro tasirlashganda qancha masofaga siljigani belgilab beriladi. Tajriba natijasidan song qaysi jism sharning tasiriga koproq qarshilik korsatdi yoki ozining tinch holatini saqlab qolishga intiladi, deb soʻraldi. Jism inertligining ham sifat, ham miqdor olchovi bolib, jismlar ozaro tasirlashganda massasi katta jism (tinch turgan bolsa) kam tezlanish oladi, harakatda bolsa u ozining harakat holatini koproq davom ettirishga intiladi, deb xulosa chiqariladi. Shundan song oquvchilarning hayotda korganlari asosida jism massasini aniqlash (ozaro tasirlashuvda uning deformatsiyalanish kattaligiga, tezlanishga, bosib otgan yoliga taqqoslash va Etalon massaga taqqoslab massalarni olchash bilan aniqlash) usullariga diqqati tortiladi. Bunda oquvchilarda inertsion massa haqida tushuncha shakllanadi. Demak tabiatdagi barcha moddiy jismlar massaga ega bolishi, shu bilan har qanday massaga ega bolgan inertlik, tortishish xossasiga egaligi haqida tushuncha beriladi. Materiya harakatining bir korinishdan boshqasiga ayla-nishiga doir juda kop faktlar sistemada mexanik, issiqlik, elektr va boshqa tasirlar ozaro ekvivalent nisbatda mavjud boladi. Bu esa fizikada qaralayotgan materiya harakatining aniq korinishini fizik kattalik-energiya orqali xarakterlashga imkon beradi. Chunki energiya ajratilgan sistemada har qanday ozgarish roy berganda ham ozgarmay qoladigan kattalikdir. Oxirgi fikr korsatadiki, energiya harakatining olchovi bolib har xil fizik shakllarini umumiy xarakterlab, ozaro aylanishlarda ozgarmay qoladigan harakatning olchovi hisoblanadi. Energiyaning boshqa kattaliklardan farq qiladigan tomoni ham xuddi shuning oʻzidir. Tadqiqotlarda energiya tushunchasini ishga bogliq bolma-gan harakat olchovi deb talqin qilishga urinishlar bolgan. Biroq, metodik adabiyotlarda energiya tushunchasini ishga bogliq bolmagan holda harakat miqdori sifatida olib qarashga urinishlar malum. Bu tajriba nomalum sababga kora keng yoyilmadi: Chunki Harakat olchovi tushunchasining fizik manosini ochib berish qiyin. Energiyani ishga bogliq bolmagan holda organish ish va energiyaning ozaro aloqadorligini ochilishida goyat qiziqtiradigan mantiqan qarama-qarshi bolmagan yolni aniqlaydi. Lekin bu usul ancha suniy va oqitishda nomaqbuldir. Chunki oquvchilar manosi qiyin aniqlanadigan bazi bir kattalikning kuzatishlari va esda saqlashlariga togri keladi. Ish va energiya tushunchalarini alohida-alohida organish orniga kinetik energiya ozgarishini ish bilan boglash tenglamasini birgalikda kiritilish maqsadga muvofiqdir. XULOSA Fizika kursining birinchi bosqichida (V1-1X sinflarda) energiya tushunchasi jismning ish bajara olish qobiliyati bilan boglangan edi: agar jism yoki ozaro tasirlashuvchi bir nechta jismlar ish bajara olsa ular mexanik energiyaga ega boladi. Keyinchalik bu tushuncha kengaytiriladi. Mexanikada impulsning saqlanish qonuni Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonunlaridan kelib chiqadi. Bu qonunni turli usullar bilan keltirib chiqarish mumkin, ammo soddaroq bolsin uchun ikki jismdan iborat sistema qarab chiqiladi. 1.Barqaror darsliklarda taklif etilgan impulsning saqlanish qonunini keltirib chiqarish ikki jism uchun yopiq sistema deb hisoblangan jismlarga nisbatan Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonunlarining qollanilishiga asoslangan. Avval yopiq sistemani tashkil etuvchi ikki jismning ozaro tasirida ular impulslarining ozgarishi modul jihatdan bir xil, ammo ishoralari jihatdan qarama-qarshi ekanligi isbot etiladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling