Fanidan kursi sh I mavzu


Qiymatning turli nazariyalari


Download 1.37 Mb.
bet7/12
Sana26.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1066861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
iqtisod nazariya kurs ishi

Qiymatning turli nazariyalari

Mehnat nazariyasi













K.Menger, F.Vizer
E.Bem-Baverk

Qiymat nazariyalari asoschilari

U.Petti, A.Smit
D.Rikardo, K.Marks













Naflilik va qo’shilgan naflilik

Tovar qiymatining aniqlanishi

Ijtimoiy zaruriy mehnat sarfi













Iste’molchi va xaridor

Bozor ishtirokchilari manfaatining ifodalanishi

Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar













Talab

Bozorda namoyon bo’lishi

Taklif













Tovar nafliligining puldagi ifodasi

Narx

Tovar qiymatining puldagi ifodasi



Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining о ‘zaro aloqasi hamda bir-birini to‘ldirishi

Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan olim mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, naflilik va qo‘shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo‘li bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. U qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini tovar qiymati va bahosini faqat naflilik bilan tushuntirib bo‘lmasligini ko‘ra bildi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi.


A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinishlari xususan A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona asosi va bozor xo‘jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga o‘tildi. Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha yetkaza olmadi.
U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko‘ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy zaruriy naflilik o‘miga qo‘shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‘miga ishlab chiqarish xarajatlarini qo‘ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to‘liq hisobga olinmadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling