Fanidan kursi sh I mavzu


Tovar ishlab chiqarish va uning rivojlanishi


Download 1.37 Mb.
bet2/12
Sana26.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1066861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
iqtisod nazariya kurs ishi

Tovar ishlab chiqarish va uning rivojlanishi

Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo‘lida asta-sekinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi. Hozirda ijtimoiy xo‘jalik yuritish shakli sifatida natural xo‘jalik deyarli barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan qoloq mamlakatlarda natural xo‘jalik ko‘rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdek, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish elementlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva mahsulotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rezavor mevalarning yetishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o‘z o‘nini tovar ishlab chiqarishga bo‘shatib beradi.


Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish - tovar ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa - tovar xo‘jaligi deyiladi. Tovar xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldisotdi qilish orqali namoyon bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarish natural xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o‘sishi natijasida paydo bo‘ladi.
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o‘lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o‘ziga xos usulidir. Natural xo‘jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo‘yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo‘lib ham boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo‘jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar tobora bir-birlariga ko‘proq bog‘lanib boradilar.
Dastlabki davrlarda tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, feodal va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochgan.
Natural va tovar xo‘jaliklarining bir-biridan farqini quyidagi jadval orqali ko‘rish mumkin.


Natural va Tovar xo’jaligining asosiy farqlari

Asosiy jihatlari

Natural xo’jalik

Tovar xo’jalik

1. Ne’matlar ishlab chiqarishning asosiy maqsadi

Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda
Foydalanish

Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi-sotdi qilish

2. Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi

Ehtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi

Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqaruvchining xususiy
manfaati asosida aniqlanadi

3. Iste’molchini o‘ziga jalb etish uchun kurash

Bunday kurash mavjud emas



Bunday kurash mavjud va tovar xo‘jaligining rivojlanishi bilan kuchayib boradi

4. Ishlab chiqarilgan mahsulotning iste’mol qilinish darajasi



Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar to‘liq iste’mol
qilinadi



Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ayrim turlari va qismlari sotilmay qolishi, ya’ni iste’mol qilinmasligi mumkin

5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari



Ishlab chiqarish jarayonida faqat o‘zining va oila a’zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi



Ishlab chiqarish jarayonida ustun ravishda yollanma ishchi kuchidan keng foydalanish mumkin

Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi. Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiyiqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:


1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi va rivojlanishi. Bunda ular o‘z mulklari hamda mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar;
3) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Iqtisodiy alohidalik xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu uch holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo‘yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling