Parvonachi - amir farmonlarini yozib olib, ularni tegishli shaxslarga etkazgan, vazir muovini sifatida farmon ijrosi bilan shug’ullangan.
Amir oshxonasining bosh oshpazi farroshboshi. Mehmonlarni kutib olish, dasturxon yozish, taom keltirish bilan shurullanuvchi dastirxonchi, amir otxonasini boshqaruvchi miroxir, jamoat tartibini saqlash va uni tashkil etuvchi mirshab kabi mansablar ham bo'lgan. Mirshablar boshlig’i — mirshabboshi deyilgan.
Beklik — Buxoro amirligida bek tomonidan idora etiladigan ma'muriy hudud. Buxoro amirligi XX asr boshlarida 27 ta beklikdan iborat bo'lgan. Bek — O'rta Osiyo xonliklarida shahar yoki viloyat boshlig’i. Bek o'zi boshqaradigan beklikda cheksiz huquqqa ega bo'lib, u faqat amipra bo'ysungan. SHuningdek, bek so'zi aslzoda, hukmdor, janob, ma'nolarida ishlatilgan.
Xivada xon Devoni bir necha tarmoklarga bo'lingan. Bosh vazir va vazirlar, qushbegi, otaliq, rais, kozi kalon, shayxulislom, mirzaboshi, to'pchiboshi, inok, devonbegi, xazinachi, moliya ishlari vaziri, saroy munshisi, yasovulboshi, maxramboshi kabi mansablar shaxsan xar tomondan tayinlangan. Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar— inoq, otalik va biy mansablari bo'lgan.
Qo'qon xonligida ham bir necha saroy unvon va mansablari bo'lgan Oliy darajali unvon va mansablar: otalik, beklarbegi, biy, devonbegi, xazinachi, inok, eshikorasi, parvonachi, dodxox, dasturxonchi, sarkor, sharbatdor, oftobachi, korovulbegi, tunqator, qushbegi.
O'rta darajadagi unvon va amallar: kitobdor, risolachi, bakovul, mirzaboshi, sarmunshi, maxtari zakotzona, miroxur, shirovul.
Past darajadagi mansablar: salomoga, mirzo, fayzi, munshi, surnaychi, karnaychi, dafchi, chovkuchi, jarchi (boshi), shotir, zinbardor (egarchi), jilovdor.
Harbiy va diniy mavzudagi tarixiy atamalar.
Harbiy ishlar bilan bog’liq atamalar ham xilma — xildir. Buxoro amirligida harbiy ishlarni to'pchiboshilari lashkar mansabidagi kishi boshqargan bo'lib, bu unvon ikkita bo'lgan: biri to'pchiboshi lashkar, vaziri xarb (harbiy vazir) nomlari bilan atalib, Buxoro shaxri harbiy gornizonining boshlig’i bo'lgan. Ikkinchisi to'pchiboshiyi arki—oliy ya'ni qal'a artilleriyasining boshlig’i bo'lib, u poytaxt qal'asiga komendantlik qilgan.
Qurol—aslaxa omborining boshlig’i jevachi deb yuritilgan.
Xivada poytaxt xavfsizligini saqlash to'pchiboshi, Ichan—qal'a va Dishan—qal'a kutvoli (komendanta) zimmasida bo'lgan.
Qo'qon xonligida harbiy ishlarga asosan mingboshi, bekliklardagi sarbozlarga beklar qo'mondonlik kilardilar. Urush boraetgan davrlarda ham eng tajribali mingboshini amiri lashkar (oliy bosh qo'mondon) k,ilib tayinlar, uning xuquq va vakolatlari yanada oshirilar edi.
Diniy atamalarga to'xtaladigan bo'lsak, Buxoro amirligi hayotida qozikalon alohida ahamiyatga molik bo'lganligiga duch kelamiz. Qozi— shar'if, xaqam, xuquqiy ishlarni xal etib, vasiylikka, vasiyatning bajarilishiga, meros taqsimotiga doyr ishlarni amalga oshirgan. Vaqfni ham qozi nazorat qilgan. Qozi hukmi qat'iy bo'lib, uning yuzasidan amirgagina shikoyat qilish mumkin bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |