Fanidan ma'ruzalar matni
-mavzu. O’rta Osiyo xonliklarining tarixiy atamalari
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xonliklarning iqtisodi bilan bog’liq atamalar.
6-mavzu. O’rta Osiyo xonliklarining tarixiy atamalari.
Reja: Xonliklarning ma’muriy boshqaruv tizimi bilan bog’liq tarixiy atamalar. Harbiy va diniy mavzudagi tarixiy atamalar. Xonliklarning iqtisodi bilan bog’liq atamalar. O'rta Osiyo xonliklarining geosiyosiy o'rni. Buxoro amirligi o'zbek xonliklari orasida o'zining hududiy o'rni, aholiey va tabiiy resurslari jixatidan muhim mavkega ega edi. XIX asrga kelib Buxoro amirligining hududi qariyib 200 ming kv.km.ni tashkil etdi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so'l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha cho'zilib qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik SHarqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo'lgan hududni egallardi. Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofirnixon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, shuningdek, Turkmaniston hududiga kirgan Murg’ob daryosi voxalaridagi erlar ham Buxoro amirligiga qarar edi. Xiva xonligi janubda eron, sharada Buxoro amirligi, G’arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh bo'lgan Suvsiz va poensiz Korakum, qizilkum sahrolari Xiva xonligini geografik jihatdan boshqa mamlakatlardan ajratib qo'ygan edi. Amudaryo soxillarida joylashgan Xiva, Urganch, Kat, Ko'hna Urganch, Xazorasp, Ko'ng’irot, Xo'jayli, Kurdar (hozirgi CHimboy) shaharlari xonlikning yirik shaharlari hisoblanar edi. Xiva shaxri O'rta Osiyoning eng boy savdo markazlaridan biri bo'lib, 1598 yildan boshlab xonlikning poytaxti bo'lgan. Qoraqalpoklar yashaydigan Amudaryoning quyi xavzasi va Orol dengizining janubiy qirg’oqlari ham Xiva xonligi tasarrufida edi. XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon xonligi hududiy jixatdan O'rta Osiyodagi yirik davlat edi. Xonlik SHarqda SHarqiy Turkiston, g’arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh bo'lgan. Qo'qon xonligi bilan Rossiya o'rtasida Mirzachul va Muyunkul chullari yastanib etgan. Xonlikning janubiy chegaralari Korategin, Kulob, Darvoz, SHurnon singari tog’li o'lkalarni o'z ichiga olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez — tez to'qnashuvlar bo'lib turgan. Qo'qon xonligining hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o'laroq, sersuv daryolar, sulim vodiylar, serhosil erlarga boy edi. Xonlikning markazi Qo'qon, Marg’ilon, O'zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farrona vodiysi edi. Toshkent, Turkiston, CHimkent, Avliyoota, Pishpak, So'zak, Okmachit kabi yirik shaharlar ham Qo'qon xonligi tasarrufida edi. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling