Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
Ministeriallar — o'rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirol’ hamda ruhoniy va oksuyak feodallarning xo'jalikva ma'muriy xizmatlarini ado etuvchi xizmatkorlar.
Marka — 1) German territorial yoki qishloq jamoasi. Jamoa dehqonchiligida erlarga ishlov berish individual tartibda olib borilgan: xovli qo'rg’onlari xususiy mulkka ajratib berilgan: qolgan erlar esa xovli — joylarga qarab taqsimlab olingan, chetdan yoki devor bilan o'rab olingan, uni buzish esa jarima to'latishi bilan jazolangan. Bunday tarmoklarga: xaydaladigan erlar, uzumzorlar, ba'zan o'tlok va o'rmonlar kirgan; 2) O'rta asrlarda G’arbi Yevropada maxsus harbiy va ma'muriy bulaklarga ajratilgan bo'lib, markgraflik uz maydoni jixatidan graflikda anchagina katta bo'lib, markgraflik boshida turgan graflar ko'pincha harbiy boshliqlardan bo'lgan. CHunki ular bu chegara viloyatlarning mudofaasi xaqida ham qayg’urishlari kerak edi. Ritsarlik — o'rta asr G’arbi Yevropasida harbiy er egaligi sosloviesi. Feodal munosabatlari shakllana borgan sari ritsarlar alohida soslovie sifatida ajralib chiqa boshladi. Uning vujudga kelishi arablar, vengerlar va normanlar xujumidan mudofaa qilish zarurati turilishi tufayli tezlashgan edi. Otliq armiyani tashkil etgan ritsarlikning asosiy sotsial vazifasi ekspluatatsiya qilinayotgan dezdonlarning itoatda saqlashga karatilgan edi. Ritsarlar o'zlarining sen’orlari bo'lgan ancha yirik feodallardan ularning armiyasida otliq harbiy xizmatni ado etish sharti evaziga olgan pomest'elarini idora kilar edilar. Ritsarlar XIII asrga kelib harbiy tashkilot xarakterini oldi. Ritsarlar salib yurishlarida faol ishtirok etdilar va bu yurishlar davomida bir qator diniy ritsarlik ordenlari ta'sis etildi. O't otuvchi qurollariing paydo bo'lishn tufayli og’ir qurollangan ritsar otliq armiyalari uz ahamiyatini yo'qota boshladi Gertsog — dastavval Qadimiy germanlar qabila zodagonlari saylaydigan harbiy boshliq, ilk o'rta asr davrida G’arbi Yevropada — qabila knyazi, feodal tarqoqligi davrida — katta hudud egasi. O'rta asr oxirlarida va yangi davrda gertsog — G’arbi Yevropada dvoryanlik unvonlaridan biri. Gyozlar — XVI asrlardagi Niderlandiya burjua revolyutsiyasi davomida: 1) mamlakat erkinligi va din erkinligini Ispaniyadan «qonuniy vositalar» yordamida himoya qilish maqsadida Niderlandiyada 1565 yil tashkil topgan ittifoq a'zolarining nomi; 2) Niderlandiyaga hukmronlik qiluvchi ispanlarga qarshi quruqlikda (o'rmon geelari) va dengizda (dengiz gyozlari) kurash olib borgan xalq qo'zg’olonchilari — partizanlarning nomi. Dengiz gyozlari katta rol’ o'ynab, ispan kemalariga xujum qildilar va Ispaniya bilan Niderlandiya o'rtasidagi dengiz aloqalarini deyarli tamomila to'xtatishga erishdilar. 1572 yil 1 apredda dengiz gyozlarining Gollandiya orollaridan biriga borib, Bril’ shaxrini egallashlari SHimoliy Niderlandiyaning yangi qo'zg’oloniga sabab bo'ldi. bu qo'zg’olon Ispaniya zulmidan ozod bo'lish bilan tugallandi. Graf — ilk feodalizm davrida G’arbda qirol tayinlaydigan okrug boshlig’i Feodalizm boshlanishi bilan graflar deyarli mustaqil voris hukmronlarga aylanishdi. Feodalizm to'la ravnaq topgan davrda graflar ba'zan yirik feodallarga beriladigan faxriy unvon. Absolyutizm karor topishi bilan graflik merosga o'tadigan dvoryan unvonlaridan biri. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling