Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet44/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Munitsipiylar — Rim imperiyasidagi o'zini uzi boshqaradigan shahar okrugi. Xalq, majlisi, shahar senata va a'zolari dekurionlar yoki kuriollar deb ataladigan shahar kuriyasi. Munitsipiylarning organlari bo'lib hisoblangan.
«Muqaddas Rim Imperiyasi» — 962 yilda Germaniya podshosi Otton 1 tomonidan SHimoliy va O'rta Italiyaning buysundirilishi natijasida asos solingan va 1806 yilgacha davr so'rgan o'rta asr imperiyasi.
Anglo—sakslar istilosi — german qabilalari — angllar, sakslar, yutlarning Yevropa kit’asidagi Britaniyaga kuchib borishi va uni zabt etishidan iborat uzoq jarayondir.
Anglo - sakslar istilosi V asr o'rtalarida boshlandi va VI asr oxirlarida Britaniyaning tamomila bo'ysundirishi bilan tugallandi. Anglo—sakslar istilosi davrida brittlar deyarli tamomila qirg’in qilindi yoki ular Uel’sga, SHotlandiyaga va qit'aga siqib chiqarildi, ammo ular qisman istilochilar bilan qo'shilib ketishdi.
Anglo sakslar — Angliya hududida VII — X asrlarda anglo — sakslar istilosidan keyin, angllar, sakslar va yut qabilalari aralashuvi jarayonida tashkil topgan va kel’t elementlarini o'z ichiga olgan. Anglo-sakslar elati germanlar zabt qilgan hududda o'rnashib olishlari davrida urug’—qabila aloqalarining buzilishi hamda orolning shimolida va g’arbida urittlarga qarshi, VIII asr oxirlarida esa skandinavlarning xujumiga qarshi kurashda ularning jipslashuvi sharoitida shakllandi. Avvaliga anglo sakslar ettita qirollikni tashkil qildilar. Janubiy SHarqda yutlar qirolligi kent, sakslarning uchta qirolligi. G’arbda Uesseks, janubda Sesseks, SHarqda esseks, anglar qirolligi - SHarqiy Angliya va Nortumbriya hamda o'rtadagi qirollik — Mersiya. Ana shu ettita tarqoq qirolliklar hukm surgan davlatlar tarixda yuncharxiya, ya' ni etti davlatlik davri nomi bilan mashxur. IX asrda barcha qirolliklar bipa Angliya qirolligiga birlashdi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling