Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salib yurishlari
- Guschilar harakati
Klermon yig’ilishi — 1095 yil noyabrida papa Urban II tomonidan Klermon shaxrida chaqirilgan cherkov yig’ilishi. Bu yig’ilishda cherkov erlari va boyliklarni egallab olish uchun turk — musulmonlarga qarshi salib yurish tashkil etishi xaqida qaror qilingan edi.
Salib yurishlari — G’arbi Yevropa feodallarining 1096—1270 yillarda katolik cherkovi tashabbusi bilan Falastindagi xristian Avlielarini musulmonlar dini hukmronligidan ozod qilish uchun olib borilgan bosqinchilik yurishlari. Sholastika — o'rta asrlarda feodal jamiyatning diniy mafkraviy falsafasining umumiy nomi, sholastika xristian dini aqidalariga asoslangan. Teologiya (ilohiyot) - xudo va uning fazilatlari, diniy aqidalar to'trisida muquddas kitoblar va cherkov rivoyatlari xaqidagi ta'limot. Guschilar harakati — XV asrning birinchi yarmida CHexiya xalq ommasining feodal ekspluatatsiyasiga, katolik cherkoviga va chet el agressiyasiga qarshi olib borgan ko'p yillik kurashi. Guschilar harakatida CHexiya aholisining turli tabaqalari — dehqonlar, shahar hunarmandlari, burjuaziya va dvoryanlarning kattagina qismi qatnashgan edi. CHex dvoryanlari asosan nemis hukmronlari va katolik cherkovi qo'lida to'plangan cherkov mulklarining musodara qilishga, chex burjuasi esa nemis tirik burjuasini siqib chiqarishga intilar edi. Guschilarning bir qismi din sohasida cherkovni demokratlashtirish, ya'ni fuqaro bilan ruhoniylarning marosimlar o'tqazishdagi tengligini va chex tilida va'z aytishga yo'l quyilishini talab qilish bilan cheklandi. Dehqonlar bilan shahar hunarmandlari qat'iy talablar: din sohasida — Rim cherkovi bilan aloqani uzil—kesil uzish, ijtimoiy sohada erlarni musodara qilish, mulklardan voz kechish, soliq va o'lponlarni yo'qotish talablarini quyishdi. Guschilarning bu qismi o'zlarining istehkomli tayanchlariga aylantirgan joylarni nomi bilan Tabor so'zidan taboriylar deb atadilar. Taboriylarning sul kanoti adalitlar deb nom oldi. YAn Jelivkiy va YAn Jichka boshchiligida asosan hunarmand tabaqalarning 1419 yilgi Praga qo'zg’oloni uzoq davom etgan Guschilar urushlarining (1419—1434) boshlanishi bo'ldi. Avval Guschilarning barcha guruhlari dushmanga qarshi birga harakat qilishdi. 1420 yilda YAn Jichka CHexiya taxtini da'vo qilgan german imperatori Sigizmund qo'shinlarini tor—mor keltirdi. Turli sinfiy tabaqalardan iborat guschilar tezda bo'linib ketishdi. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling