Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet40/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Inkvizitsiya — katolik cherkovida XII asrdan to XIX asrgacha mavjud bo'lgan bid'atchilar ishi yuzasidan ish quruvchi maxsus cherkov sudi. Bu bid'atchilar va antifekdalar xalq harakati qatnashchilarini sud, tergov qilish va jazolash muassasasi sifatida tashkil etilgan. Inkvizitsiya xar qanday erkin fikr qiluvchilarga, cherkov va u himoya kilayotgan feodal tuzumning xar qanday oppozitsiyasiga qarshi ayovsiz ravishda kurash olib bordi. XV asrning oxirlaridan boshlab faqat bid'atchilarga va yaxudiylarga ham qarshi karatilgan davlat qirollik muassasasiga aylandi. Inkvizitsiya, ayniqsa, Ispaniyada xalqka xaddan tashqari jabr o'tkazgan.
Abbat — (bosh ruhoniy) boshchiligidagi katolik monastiri. CHerkovning yuqori boshqarish organlari — episkopga yoki papaga buysunadi, abbatga boshqa monastirlar qaram bo'lishi mumkin. Abbat G’arbi Yevropada VI asrda vujudga kelib, o'rta asrlarda diniy sohadagina emas, balki iqtisodiy va siyosiy hayotda ham muhim rol’ o'ynadi. U qaram dehqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilgan. Abbat o'z tasarrufidagi qishloqlar, er-suvlar, o'rmonzorlar bilan birga feodal mulki (sen’or hisoblanib), feodal jamiyati tashkilotining mustaqil tarkibiy qismi edi. Reformatsiya davridan boshlab, o'zining ilgarigi ahamiyatini yo'qotgan bo'lsada, katolik mamlakatlarida saqlanib qolgan.
Mitropolit — mamlakatning barcha ierarxlari o'rtasida bosh o'rinda turadigan ayrim episkoplarning oliy diniy unvoni. Hozirgi paytda pravoslav cherkovida ayrim episkoplarning faxriy unvoni.
Priorlar — katolik cherkovidagi ayrim monastirlarning nozirlari.
Pastor — protestant ruhoniysi.
Rekonkista — V111-XV asrlarda Pirenei yarim oroli xalqlarining arablar va barbarlar tomonidan bosib olingan hududlarini jang orqali qaytarib olishi.
Episkop xristian cherkovlarida yuqori lavozimli ruhoniy. Dastlabki xristian jamoalarida episkop jamoaning boy va e'tiborli kishilaridan saylanardi. CHerkovning xazinachisi bo'lardi. Keyinroq u oliy martabali ruhoniyga aylandi. Pravoslav cherkovida episkop davlat hokimiyati tomonidan tayinlana boshladi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling