Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet37/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Paj — O'rta asr Yevropasida aslzoda sen'orlar, yirik feodallarga xizmat qiluvchi dvoryan yigit, mahram.
Paladin — O'rta asrlarda G’arbi Yevropada podsho saroyidagi amaldor, to'ra.
Parlamentlar — feodal Frantsiyasida oliy sud muassasalari va ma'muriy muassasalar. Dastlab qirolning sud va ma'muriy ishlar bo'yicha kengashi vazifasini o'tadi. Lyudovik IX davridayoq (XIII asr) yirik feodallar yustitsiyasi bilan kurashda qirol yustitsiyasini markazlashtirish va ko'chaytirish quroli bo'lib xizmat qildi. Filip IV CHiroyli 1303 yilda Parijda parlamentni bir yilda ikki marta yig’iladigan ancha muayyan tashkilotga aylantirdi. Parlamentlar taraqqiyoti o'rta asr dunyoviy yuristlarning, ya'ni legistlarning faoliyati bilan bog’langan. Parij parlamentlari bilan bir qatorda provintsiyalarda oliy sud bo'lib hisoblangan provintsial Parlamentlar ham paydo bo'ldi. Parlamentlarga a'zolik, Genrix IV (1589- 1610 yillar) zamonidan boshlab sotila boshladi va faoliyat xuquqi sifatida meros bo'lib o'ta boshladi. Parlament a'zolarining axvoli xususiy mulk xarakteriga ega bo'lgan xuquqni aks ettirgani uchun Parlamentlar ma'lum darajada mustaqillikka ega edilar va ular ba'zi qirol xukumati bilan qattiq nizolashib qolar edilar.
Magnatlar G’arbi Yevropada, ayniksa, feodal krepostnoy Pol’shasi va Vengriyadagi yirik feodallarning nomi.
Manufaktura — kapitalistik ishlab chiqarishning yirik mashina sanoati paydo bo'lmasdan ilgari shakli. Amerikaning kashf etilishi va Xindistonga dengiz yo'li ochilishi dastlabki jamg’arish protsessini tezlashtirdi. Ishsiz qolgan juda ko'p ishchilarning mavjuddigi va mablarlarning jamg’arilayotganligi o'ziga xos kapitalistik ishlab chiqarish — manufakturaga o'tish uchun sharoit yaratib berdi. Manufaktura quyidagi asosiy belgilarga ega:

  1. kapitalistning ayrim ishchilar mehnatini bir korxonaga birlashtirishi;

  2. ishlab chiqarishda kul mehnatining ustunligi;

v) korxonada mehnatning aniq taqsimlanishi. Manufakturada mehnat taqsimoti ishda chaqqonlik va tezlikni oshirish, ish vaqtidan to'la foydalanish va ish asboblarini maxsuslashtirish orqali samarasi kapitalist tomonidan o'zlashtiriladigan mehnat ish unumdorligini oshirdi. Manufaktura maxsulot bahosini kamaytirish yo'li bilan ishchi kuchi bahosini pasaytiradi, ya'ni zaruriy mehnat ulushini kamaytiradi va kapitalist tomonidan o'zlashtiriladigan qo'shimcha mehnat ulushini ko'paytiradi. Mehnatning manufaktura taqsimoti individual ishchi mehnatini batamom kapitalistga bo'ysundiradi. Manufaktura ishlab chiqarishi keyinchalik aniq mehnat taqsimoti, mehnat qurollarining maxsuslashuvi, malakali ishchilarning etishib chiqishi bilan mashinalashgan yirik sanoatga aylana bordi.
Patariya XI asrda SHimoliy Italiyada, ayniqsa, Milanda shahar aholisining kambag’allashib ketgan tabaqasining xalq harakati. Pataraiya SHimoliy Italiya shaharlarida .kommunalarning tashkil bo'lishiga yordam qildi.
Perlar — Frantsiya va Angliyada oliy aristokratlar namoyandalarining unvoni. O'rta asrlarda kelib chiqqan. TSirol hokimiyatining kuchayishi bilan perlarning ahamiyati pasayib ketdi, perlar unvoni Frantsiyada 1789 yilda bekor qilindi. Angliyada perlar unvoni saqlanib qoldi. Buni meros qilib olgan shaxslar lordlar palatasida qatnashish xuquqiga ega bo'ldilar.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling