Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- nemis Ganzasi
Gayda — Angliyada ilk o'rta asr davrida bir oilaga tegishli jamoa eri. Erning o'rtacha xajmi 120 akr xaydalgan erni tashkil kiladi (1 akr— 0,4 gektarga teng). Xaydalgan er bilan bir qatorda gaydaga yaylov erlari ham kirardi.
Ganza — XIV— XVI asrlarda (ragman 1669 yilgacha) Lyubek boshchiligida bo'lgan shimoliy nemis shaharlarining savdo ittifoqi ganzadir. XI — XII asrdagi nemis savdogarlarining vorisi sifatida vujudga keldi. Nemis savdogarlari SHimoliy va SHarqiy Yevropa savdagorlar nisbatan zaif bo'g’gan sharoitda nemislarning slavyan mamlakatlarining mustamlakaga aylantirish sohasidagi muvaffakiyatlardan foydalanib va nemis ritsarlik ordenlarining harbiy kuchlariga olgan-edilar. XIII asrning boshlarida SHimoliy nemis shaharlarining ayrim guruhlari, boshqa mamlakatlarda savdo imtiyozlarini qo'lga kiritdilar va u erda (avvalo Golland, Visbi shaxrida) o'z kontoralarini asosladilar, bu erdan nemis savdogarlari Novgorodga kirib keldilar. XIII asrning ikkinchi yarmida SHimoliy va Boltiq dengizlari o'rtasida qo'ltiq bo'ylab o'tadigan yo'lni himoya qilish va birgalikda pul chiqarish uchun Lyubek, Gamburg, Lyuneburg, SHtral’zund va boshqalar o'rtasida bitim tuzildi. 1356 yili «nemis Ganzasi» degan nomni olgan va 70 shaharni birlashtirgan ittifoq 1367 yilda shaharlarning birinchi umumiy s'ezdida uzil—kesil shakllandi. Ganza shaharlarida iqtisodiy hayotning negizi asosan savdoda bo'lib, hokimiyat savdogarlar patritsasi qo'liga o'tgan edi. Ittifoq chet ellar bilan savdoni monopolizatsiya qilibgina qolmay, patritsiylar hukmronligini ham saklar edi. Ganza mustaqil siyosiy organizmga aylanib, Germaniya imperiyasining tarkibiy qismlaridan bo'lib qoldi. Uning qudrati Daniya bilan urushda (1367- 1370) namoen bo'ldi, bu urush Ganzaning to'la g’alabasi bilan tugallandi. Bu — Ganzaning eng ravnaq topgan davri bo'ldi. Uning tanazzuli XV asr o'rtalarida boshlandi. Ganza shaharlarida tsex hunarmandlarining qo'zg’olonlari ko'tarildi. Ganzaning ayrim a'zolari o'rtasida raqobat kuchayib, bu narsa Germaniyadagi mustahkamlanib olgan hududiy knyazlarga Ganza shaharlarini buysundirishga imkon berdi, natijada turli viloyatlardagi Ganza shaharlari o'rtasida aloqa zaiflashib qoldi. Angliya va Niderlandiyada sanoat va savdoning o'sishi ularga Ganzada ustunlik qilish imkonini yaratdi. XV asr oxirlarida markazlashgan Rus’ davlati tarkib topaetgan davrda Ivan III Novgorodni Moskvaga qo'shib olgandan keyin (1478) Ganza savdogarlari shahardan haydab chiqarildi. Amerikaning va Xindistonga savdo yo'lining ochilishi, jahon savdosi markazlarining Atlantika okeaniga ko'chishi Ganzaga uzil—kesil zarba berdi. Ganza shaharlarining oxirgi s'ezdi 1669 yilda bo'ldi. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling