Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet34/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Aristokratiya — hukmron sinfning imtiyozli tabaqasi. Feodal jamiyatda aristokratiya feodallar hukmron sinfining unvonli. YUqori tabaqasi. Absolyutizm davrida aristokratiya tarkibiga eng yirik ruhoniy va dunyoviy er egalarigina emas, saroy dvoryanlarini ham qo'shgan edilar. Angliya (XVII asr) va ayniqsa Frantsiya (XVIII asr) burjua revolyutsiyalari feodal aristokratiyaga zarba berdi, ammo ular cheklangan revolyutsion bo'lganliklari sababli feodalizm qoldiqlarini tamomila tugatmadilar, aristokratlar esa ilgari imtiyozlarini va erlaryni bir qismini saqlab qoldilar. Burjuaziya hukmronligi davrida aristokrat muhim siyosiy rol’ o'ynashini davom ettirdi.
Bank (o'rta asrlarda) — feodal davrida tovar—pul munosabatlarining rivojlanishi banklarga zaruriyat keltirib chiqardi. Bank operatsiyalari sudxo'rlik va pul maydalash yoki ayirboshlash ishi bilan bog’liq edi, chunki tarkibida turli miqdorda oltin va kumush bo'lgan xar xil pullar mavjudligi tufayli ayrim mamlakatlar va feodal knyazliklari pullarini boshqa mamlakat pullari bilan ayirboshlab turishi kerak edi. O'rta asrlarda bank ishi dastavval pul munosabatlari barvaqtroq rivojlana boshlagan SHimoliy Italiya respublikalarida vujudga keldi. Italiya banki pul ayirboshlash, sudxo'rlik, bir mamlakatlarida ham rivojlandi. Xususiy shaxslar (asosan ital’yanlar va yaxudiylar) bilan bir qatorda bank operatsiyalari bilan (ayniksa, sudxo'rlik •bilan) Rim kuriyasi va ruhoniy ritsar’ ordenlari ham shug’ullandi. Bank operatsiyalari, ayniqsa, ssuda (qarz) berish qaltis ish edi, chunki yirik feodallar va qirollar ko'pincha qarzni qaytarishdan bosh tortardilar, natijada bankir xonavayron bo'lardi. Florentsiya bankirlari Medichiga xatto qirollar va imperatorlar ham qaram bo'lib qolishgan edi, ularning o'zlari esa Florentsiyaning hukmronlari (tiranlari) bo'lib qoldilar.
Benefitsiy — G’arbiy Yevropada ilk o'rta asr davrida saroyda, ma'muriy organlarda. ko'pincha harbiy sohada muayyan xizmat qilish formasi. SHu sababli odatda benefitsiy deganda erga harbiy (ritsarlik) xizmatini o'tash sharti bilan egalik qilish tushuniladi (bu prekariydai farqli o'laroq, asosan, dehqonchilik tipidagi er egaligi edi). Benefitsiy umrbod beriladi. Er olgan kishining belgilangan shartlari bajarmasligi er egasining benefetsiyni bekor qilishga sabab bo'lardi.
Yer olgan kishi vafot etganida benefitsiy yoki yangi shartnoma asosida vorisga o'tkazilardi yoki ilgarigi er egasiga k,aytarib berilardi. Benefitsiyning tarqalishi Franklar davlatidagi agrar tuzumda VIII asrda ro'y bergan o'zgarishning ifodalaridan biri bo'ldi. Mulkni tamomili in'om qilish o'rni «benefitsiy» sifatida umrbod foydalanish uchun sovg’a qilish egalladi. Benefitsiyning vujudga kelishi franklar jamiyatining ijtimoiy strukturasiga katta ta'sir ko'rsatdi. Benefitsiylarning harbiy qatlami vujudga kelib, u erga eglik qilish jixatidan qirol hokimiyatiga bog’langan holda yangi ijtimoiy zaxirani yaratdi. Benefitsiyni k,irollargina emas, balki boshqa yirik feodallar ham berardilar. Natijada ayrim feodallar o'rtasida erga egalik xuquqi sohasida aloqalar vujudga keldi. SHu tarzda benefitsiy franklar davlatining mustahkamlanishiga xizmat qildi. Ammo feodallashish jarayonida benefitsiylar uz mulklarini merosga aylantirishga tobora ko'proq intiladilar, bo'nga birinchi galda yirik er egalari muyassar bo'ldi. XI — XII asrlarda
benefitsiyning umrbod beriladigan in'omdan merosga qoldiriladigan feodal mulkiga - feodga aylanishi feodallashish jarayonining muhim tomonlaridan biri bo'ldi. Ilgari qirol bilan chambarchas bog’langan benefitsiy egalari tobora mustaqil bo'la borib, ularning ko'plari tamomila erkin bo'lib olishdi. Yirik benefitsariylar qiroldan qudratliroq bo'lib qoldilar, bu esa qirol hokimiyatining zaiflashuviga va davlatning bo'linib ketishiga sabab bo'ldi. Karl Martell boshlagan hamda uning o'g’li Pipin va nabirasi Buyuk Karl davom ettirgan agrar to'ntarishning natijasi ana shunday bo'ldi.
Benefitsiyga Rus’da «milost’» (exson), keyinchalik pomest’e, Vizantiyada — proniya, arab davlatlarida iqto, Hindistonda — jagir atamalari taxminan muvofiq keladi.
Katolik cherkovida benefitsiy — cherkov lavozimini va u bilan bog’liq bo'lgan daromadlarni bildiradi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling