Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet30/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Bolish — mo'g’ullar imperiyasida tillo pul birligi bolish, 8 misqol, u 2 donga teng bo'lgan.
Botmon SHarq mamlakatlari, jumladan, O'rta Osiyoda Qadimgi davr va o'rta asrlarda mavjud bo'lgan og’irlik o'lchovi birligi. Botmon turli davrlarda turli joylarda miqdori o'zgarib turgan. Masalan XIX asrda bir botmon Xivada 20,16 kg dan 40,95 kg gacha, Buxoro va Samarqandda -8 pud (1 pud 16 kg) ya'ni 131,44 kg Fargonada - 8-10 pud ya'ni 131,44 kg dan 163,800 kg gacha, Toshkentda - 10,5 pud ya'ni 171,99 kg ga teng bo'lgan. SHuningdek, O'rta Osiyoda botmon sifatida er o'lchovi sifatida ham qo'llanilgan, ya'ni bir botmon og’irlikdagi bug’doy sepilishi mumkin bo'lgan er bir botmon hisoblangan bu taxminan bir gektarga teng satx o'lchov belgisi bo'lgan.
Gaz — SHarq mamlakatlarida taxminan 62 sm dan 91,5 sm ga teng bo'lgan uzunlik o'lchov birligi.
Dinor - o'rta asrlarda Arab halifaligi hududida ishlatilgan tilla pul. XIV asrda Movarounnahrda bir dinor ikki misqol kumushga teng bo'lgan. Bir misqol 4,53—4,55 grammni tashkil qilgan.
Dirham — o'rta asrlardagi arab kumush tangasi. XIV asrda Movarounnahrda dirham 3g’1 (uchdan bir) misqol og’irlikdagi kumush tanga bo'lgan. Og’irligi 3,12 grammga teng.
Dong — biron narsaning oltidan bir qismi, dinor yoki dirhamning oltidan bir qismiga to'g’ri keladi (bir dirham 2 kirot, bir qirot 0,19 gr ga teng), XIV - XIX asrlarda bir Buxoro dongi 0,8 kg ga teng bo'lgan.
Jav — og’irlik o'lchovi, arpa donasi, 0,045 grammga teng bo'ladi.
Zar' — uzunlik o'lchovi, 107 sm ga teng.
Zira' — masofa o'lchovi, taxminan 79,8 sm ga teng.
Istor - og’irlik o'lchovi to'rt yarim (21 gr) misqolga teng.
Kurux — masofa o'lchovi, taxminan 2 km.
Misqol — og’irlik o'lchovi birligi. SHarq mamlakatlarida qimmatbaho toshlarning vaznlarini aniqlash uchun ishlatilgan o'lchov birligi. VI — VIII asrlarda Samarqandda bir misqol 4,6 grammga, o'rta asrlarda O'rta Osiyo hududida bir misqol 4,25 grammga teng bo'lgan. XIX — XX asrlarda Farg’onada bir misqol 4,53-4,55 grammga teng bo'lgan og’irlik o'lchovi hisoblangan.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling