Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
Osiyo puli — tegirmon puli ham deyilgan. Buxoro amirligida xar bir suv tegirmonidan yiliga 20 tangadan 100 tangachaga miqdorida olinadigan soliq.
Alaf puli — O'rta Osiyo xonliklarida yaylov, bedazor, mevali bor va uzumzorlardan olinadigan soliq. Bazzoz — ip — gazlama bilan savdo qiladigan do'kondor qadimda bunday do'kondorlar O'rta Osiyo bozorlarida ko'p bo'lgan. Bazzozlar gazlamalarni ot — aravalarga ortib, uzoq qishloqlarga olib borib sotishgan. Bakovul — turli davrda turli xil ma'nolarni anglatgan 1.XVI — XIX asrlarda belgilangan joylarda savdogarlarning tamg’a, ya'ni boj solig’ining to'plab o'tishlari ustidan nazorat qilib turgan kichik mansabdagi harbiy xizmatchi, .XV asrdan boshlab podsho, xon va lashkarga ovqat tayerlash ustidan nazorat qilib turuvchi harbiy mansabdor. Lashkarga maosh va ulufa, ya'ni oziq-ovqat taqsimlash ham bakovullar zimmasiga yuklatigan. Ular bovurchilardan bir daraja YUqori hisoblangan, . XVIII — XIX asrlarda va XX asrning birinchi choragida hozirgi Buxoro, Samarqand, Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida tuylarda taom tayerlovchi pazanda ham bakovul deb atalgan. Pazandalar ustidan nazorat qilib turuvchi shaxs esa bakovulboshi deb atalgan, .Hozirgi kunda respublikamizning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari to'ylarida kurash, uloq (ko'pkari), poyga musobaqalarini boshqaruvchilar, hamda tuylarda taom tayerlash ustidan nazorat qiluvchi kishilarni ham bakovul deb atashadi. Avorizot — XIII asrdan O'rta Osiyoda mavjud bo'lib, er egasi yoki hokimning xo'jaligida ishlab berish majburiyati. Arbobona — Buxoro amirligida arboblar foydasiga xalqdan yig’ib olinadigan soliq. Og’irlik va uzunlik o'lchov birliklarini ifodalovchi atamalar. Barid — 1 CHopar, xat eltuvchi, pochtal’on, 2 XIV — XVI asrlarda O'rta Osiyo xalqlarida keng qo'llanilgan masofa o'lchovi bo'lib, ikki farsax, ya'ni taxminan o'rtacha 12 km ga teng yo' l bo' lgan. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling