Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xonlik
- Beklarbegi
Amirlik — musulmon mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mamlakat XVIII asrning o'rtalaridan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb yuritilgan.
Xon — turkiy xalqlar va mo'g’ul hukmdorlarining unvoni. Dastlab qabila boshlig’i, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va xorazmshoxlar davrida viloyat yoki shahar hokimi, mo'g’ul feodal imperiyasida ulus boshlig’i davlatlarda oliy hukmdor xon, podshoxlik qilmagan. CHingiziylarda esa sulton deb yuritilgan Qo'qon, Buxoro (1753 yilgacha) va Xiva xonligida hukmdorlar o'zlarini xon deb ataganlar. Xonlik — xon tomonidan boshqariladigan davlat. O'rta Osiyoda XVI asr oxirida ikkita xonlik — Buxoro va Xiva xonligi vujudga kelgan. XVIII asrda Qo'qon xonligi vujudga kelgan. XVIII asr oxirning oxirgi choragidan Buxoro —amirlik deb yuritilgan. Munshi — O'rta Osiyo xonliklari davrida xonlar yoki ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi. Munshi lavozimiga odatda, ma'lumotli va chiroyli ezadigan kishilargina olingan. Munshilar olim va fozil kishilar bo'lganligi uchun oddiy kotiblardan farq qilgan. Ular zimmasiga xon va amirlarning maktub va farmonlarini yozish yuklatilgan. Tarixiy asarlarning aksariyati ana shu munshilar qalamiga mansub. Munshi lavozimida bo'lgan kishilar munshi so'zini taxallus sifatida o'z nomlari ketiga qo'shib qo'yganlar. Beklarbegi — O'rta Osiyoda mavjud bo'lgan yuqori ma'muriy unvon va lavozim Viloyat, katta shaxdr xdkimlari ana shu unvonga ega bo'lishgan. Bu unvon ko'chmanchi xalqlar orasida ko'p ishlatilgan. Beklarbegi lavozimi O'rta Osiyoda XIX asr oxirigacha saqlangan. Beklarbegining asosiy vazifasi soliq va turli boshqa feodal majburiyatlarining o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash xon farmonlarini amalga oshirish tegishli masalalarni biy, otalilar, oqsoqollar kengashi bilan kengashib xal etishdan iborat bo'lan. Beklarbegilar qo'l ostidagi viloyatlarda alohida vazir shayxulislom, sadr, jonishin (beklar begining muovini) kabi mansablar ham bo'lib, ular bevosita beklar begiga bo'ysunganlar. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling