Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet27/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Amiri lashkar — Temuriylar davlatida keng tarqalgan eng yuqori oliy harbiy unvon. Keyinroq XIX asrda Qo'qon xonligida ham 0liy Bosh Qo'mondonga nisbatan ushbu unvon qo'llanilgan
Qushbegi — XV — XVI asrlarda podshox va xonlar qushxonasining mutassadisi bo'lgan. Uning zimmasiga ovni tashkil qilish va o'tqazish vazifalari yuklatilgan.
Qozikalon — Buxoro amirligidan dindorlar va mullaarning boshlig’i, ya'ni raisi bo'lgan. SHu bilan birga bu davrda barcha musulmon davlatlarida bo'lgani kabi, Buxoroda ham xuquq masalalari dinga qarashli bo'lib dindorlar qo'lida ekanligi sababli qozikalon barcha xuquq masalalari va armiya ma'muriyatining ham raisi hisoblangan.
Parvonachi — XVII — XVIII asrlarda Buxoro xonligida mavjud bo'lgan mansab, vazir muovini, farmon ijro qiluvchi. Parvonachi xon farmonlarini yozib tegishli kishilarga etkazib turgan. YUqori mansabga tayinlangan amaldor parvonachi tomonidan bitilgan farmonni uch kun mobaynida o'z sallasiga qistirib yurishlari lozim edi.
To'qsabo — harbiy unvon XVI — XVIII asrlarda O'rta Osiyo xonliklarida xon bayrqg’ni qo'riqlagan maxsus harbiy qism boshlig’i. XIX asrda umuman bir polkdan iborat bo'lgan harbiy qism boshlig’i.
Nozir — o'rta asrlarda O'rta Osiyo xonliklarida saroy ta'minoti va uning xarj qilinishini nazorat qilib turuvchi mansabdor. XX asr boshlarida Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarida savdo, sanoat, harbiy va boshqa sohalar bo'yicha xalq nozirlari tayinlangan bo'lib, ular o'sha soha bo'yicha ishning borishiga javobgar shaxs hisoblanganlar.
Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar (IX -XVIII asrlar).
Iqtisodiy mavzudagi tarixiy atamalar ham xilma—xil va ko'pchilikni tashkil qiladi. Birgina temuriylar davrida aholidan bir necha yig’imlar olingan. Ularni to'plovchilar, masalan, hosil miqdorini belgilovchilar — soxib jamoa, soliq yig’uvchilar — muxassiloni, kirimni boshqaruvchilar — zobitona, suv taqsimlovchilar — mirobona deb atalgan.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling