Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moriskilar
- Siyosiy—harbiy mavzuga oid atamalar.
Monahlik — ko'pchilik dinlarda ruhoniylarning alohida bir ko'rinishi. Monahlik qiluvchilar, ya'ni monaxlar o'zlarining oldiga asketik maxsus cheklashlar, jumladan, oila qurmaslikka o'xshash cheklashlar qo'yadi, Monahlik hamisha oliy cherkov ierarxiyasining buyuk tayanchi bo'lgan. CHerkov va davlat homiyligi monahlikning rivoj topishiga va monastirlik jamoasi — dastlab erlar, keyinchalik xotin— qizlar, xatto aralash monastirlarning kelib chiqishiga olib keldi. Yirik monastirlar abbatlik deb ataladigan bo'ldi. Monastirlar cherkovga feodal tuzumidan ancha ta'sirchan kuchga ega bo'lgan qattiq intizom o'rnatilgan apparat, uyushgan kuchlarni berdi. Feodal jamiyatning hukmron sinfi tomonidan qo'llab — quvvatlangan monastirlarning ta' siri va boyligini oshirishga, ularning qullarida katta er mulklari va krepostnoylarning to'planib qolishga yordam berdi. Ular Rossiyada shunday Sergievlarning daromadi XVII asr boshlariga kelib butun Moskva davlatining barcha daromadini uchdan bir qismini tashkil etgan. XVIII asrda esa 400 monaxga 625 ming krepostnoy dehqon to'g’ri kelar edi. g’arbiy Yevropa o'rta asrlar cherkovi monahlikni rivojlanishini xar taraflama rag’batlantirar va papa abslyutizmning tarafdorlari sifatida chindan monahlik ordenlarining jumladan, frantsiskanlar va dominikanlar ordenining kelib chiqishiga xar taraflama imkon bergan edi. Reformatsiya davrida ayrim mamlakatlarda burjuaziya yoki knyaz’, hokimiyati protestantizm bilan birlashib monahlikni yo'q qilib yubordi, monastir’ erlari va mulklarni musodara qildi. Kontrreformatsiya tiklashda katta rol’ o'ynaydi.
Moriskilar — arablar Ispaniyadan kuvib chiqarilgandan so'ng Ispaniyada qolib ketgan va xristianlikni majburan kabul qilgan, ammo yashirin ravishda islom diniga siginib yuradigan arab aholisining bir qismi. Ular doimo oqsuyaklar va cherkov hokimiyati nazoratida bo'lishar, inkvizitsiya ta'qib qilib turar edi. 1609-1610 yillarda moriskilar Ispaniyadan quvib yuboriladi. Ularning ko'pchiligi SHimoliy Afrikaga kelib joylashadi. Bu Ispaniya iqtisodiga katta zarba bo'lib tushgan edi. Siyosiy—harbiy mavzuga oid atamalar. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling