Diplomatiyaga oid tarixiy va zamonaviy atamalar.
Diplomatiya (fr. diplomatic) — 1) davlat boshliqlari, shuningdek ularning maxsus organlarning davlatni tashqi siyosat sohasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish sohasidagi, chet ellarda davlat, uning idoralari va grajdanlarning xuquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi rasmiy faoliyati. Diplomatiya davlat tashqi siyosatining muhim vositasidir. Muzokaraalar, yozishmalar va davlatning chet eldagi kundalik vakilligi shaklida amalga oshiriladi
Diplomat (fr. diplomate) —
O'z davlatining chet eldagi davlatlar bilan rasmiy siyosiy aloqalar qilib turish bo'yicha vazifalarni amalga oshirib turuvchi mansabdor shaxs. Diplomat tashqi ishlar bilan shurullanuvchi idora yoki davlatlarning chet eldagi vakillarida mansabdor shaxs bo'lishi mumkin;
Muzokaralar olib borish san'atini biladigan, kishilar va ustalik bilan muomalada bo'luvchi shaxs.
Diplomatik immunitet — chet el diplomatik vakolatxonalariga va ana uiy vakolatxona xodimlariga beriladigan engilliklar, imtiezlar va afzalliklar: binolarning va harakat qilish vositalarining daxlsizligi, shaxsiy daxlsizlik, jinoiy va grajdanlik ishlari bo'yicha sudga tortilishdan ozod qilish, soliqlar va boj soliqlaridan ozod qilish, o'z xukumati bilan xabarlashib turish erkinligi, vakolatxona binosiga bayroq va gerb osish xuquqi va xokazolar yigindisi diplomatik immunitet diplomatik vakolatxonalar xodimlarining oilalariga ham taalluqli. Davlatning savdo vakolatxonasi va ularning xodimlari ham diplomatik immunitetdan foydalanadi.
Diplomatik korpus — 1) biror davlatda akkreditlangan chet el diplomatik vakolatxonalari boshliqlarining yig’indisi; 2) keng ma'noda — diplomatik vakolatxonalarning barcha diplomatik xodimlari va ularning a'zolari. Diplomatik korpus xuquqiy shaxs makomiga ega bo'lgan uyushma, tashkilot emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |