Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet65/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Anarxo— Sindikatizm — ishchilar harakatida anarxizm g’oyalari ta'sirida bo'lgan oqim. Anarxo — sindikalistlar kasaba uyushmalarini ishchilar sinfini tashkillashtirishning muhim shakli deb kisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kasaba uyushmalariga o'tishi shart. Bevosita harakat iqtisodiy ish tashlash, sabotaj, umumiy iqtisodiy stachka taktikasini qo'llashadi.
O'nlar guruhi («Parij klubi») — xukumatlararo tashkilot. AQSH, Kanada, YAponiya, Bel’giya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, SHvetsiya va Angliya xukumatlari o'rtasidagi bitim natijasida 1961 yilda Parijda tuzildi. SHveytsariya ushbu tashkilotda rasman ishtirok etmaydi, biroq uning vakili bu tashkilotning kengashlarida muttasil qatnashib turadi. Tashkilot to'g’risidagi bitim kreditlar to'g’risidagi Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) bosh bitimi tuzilgandan keyin 1962 yil 24 oktyabrda kuchga kirdi. «Parij klubi»ning rasmiy maqsadi — tang hollarda manfaatdor mamlakatlarga o'z fondidan yordam berish yo'li bilan XVFning valyuta zaxiralarini ko'paytirishdir. Klubning bitim bilan belgilangan dastlabki fondi 6 milliard dollarni tashkil etgan, hozirda u bir necha bor ko'paygan.
O'nlar guruhi muntazam suratda amal kilmay, balki vaqti—vaqti bilan ikki darajada: vazirlar va lavozimlar darajasida o'tkazilib turadigan kengash shaklida amal kiladi. Vazirlar darajasida o'tkazilganda kengashda moliya vazirlari va markaziy banklarning boshqaruvchilari, SHveytsariya bankining prezidenta, XVFning boshqaruvchi direktori, Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish tashkilotining bosh kotibi, Yevropa iqtisodiy uyushmasi komissiyasi raisi o'rinbosari qatnashadi. Lavozimli darajadagi kengashlarda moliya vazirligi, markaziy banklar, yuqorida ko'rsatib o'tilgan xalqaro tashkilotlar apparatidan yuqori lavozimli amaldorlar qatnashadi. Kengash kat'iy ravishda maxfiy o'tkaziladi. O'nlar guruhi raisi lavozimini guruh qatnashchilari bo' lgan mamlakatlar moliya vazirlari navbat bilan egallab turadilar.
O'nlar guruhi amalda G’arbning valyuta moliya muammolarini tartibga solib turuvchi va XVFning siyosatini belgilab beruvchi organga aylanib qoldi. XVFning ko'p karorlari, jumladan, valyuta kurslarini belgilash, XVF oltin zaxirasini sotish, yordam berish shartlarini belgilash to'g’risidagi va boshqa karorlari ularni O'nlar guruhi tasdiqlagandan keyin qabul etiladi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling