Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet67/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Diplomatik kur’er — mansabdor shaxs bo'lib, uning vazifasiga o'z davlatining tashqi ishlar bilan shug’ullanuvchi idorasidan ana shu davlatning chet eldagi diplomatik vakolatxonasiga diplomatik pochtani olib borish va u erdan olib kelish kiradi. Diplomatik kur’er diplomatik immunitetdan to'la foydalanmaydi, biroq hududidan o'tib ketadigan davlatlarda shaxsiy daxlsizlik xuquqidan foydalanadi va sud qilinmaslik xuquqiga egadir. Xalqaro odob tariqasida diplomatik kur’er shaxsiy bagajini bojxona karovidan o'tqazishdan va bojxona bojlari to'lashdan ozod qilinadi.
Tashqi siyosat — xalqaro maydonda davlatlar va xalqlar o'rtasidagi o'zaro munosabatni tartibga solib turuvchi siyosat. Tashqi siyosat ichki siyosat bilan chambarchas borlangan va davlat hamda ijtimoiy tuzumning xarakterini aks ettiradi.
Elchi diplomatik daraja, xalqaro xuquqda qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq I klass diplomatik vakil.
Elchixona — 1) biron davlat xukumati tomonidan ikkala davlat uchun ham muhim bo'lgan masalalar bo'yicha diplomatik muzokaraalar olib borish uchun maxsus topshirik bilan boshqa davlatga yuboriladigan bir guruh kishilar;

  1. Biron davlatning boshqa davlat hududidagi elchi boshchilik kiladigan doimiy vakolatxonasi bo'lib, u diplomatik aloqalarni amalga oshirish uchun ana shu davlatlar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq tuziladi.

Agreman — (fr. agrement — rozilik) — bir davlat xukumatining boshqa davlat doimiy diplomatik vaqilini o'z mamlakatida qabul qilish to'g’risidagi roziligi. Agramen ikkala mamlakat tashqi ishlar idoralari tomonidan yozma ravishda talab qilib olinadi va beriladi.
Attashe (fr Attache — aynan biriktirilgan) —1) kichik diplomatik daraja;

  1. elchixonalarda va missiyalarda diplomatik tarkibdagi lavozimli kishi;

  2. Biror boshqa (diplomatik bo'lmagan) muassasaning muayyan soha bo'yicha mutaxassis sifatida elchixonalarga yoki missiyalarga yuborilgan vakili (masalan, harbiy attashe, savdo attashesi).

Viza (fr. Visa, lat Visus dan - karalgan) — 1) Xar qanday shaxsning biror mamlakatga kelishi yoki undan ketishi mumkinligi to'trisida, shuningdek, chet ellik kishining biror davlat hududi orqali o'tib ketishi to'g’risida uning xujjatiga rasmiy belgi; 2) Xujjatdagi rasmiy yozuv bo'lib, u bu xujjatning tasdiklanganligini, ruyxatdan yoki tekshirishdan o'tkazilganligini bildiradi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling