Fanidan ma'ruzalar matni


Diniy mavzudagi tarixiy atamalar


Download 127.98 Kb.
bet38/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Diniy mavzudagi tarixiy atamalar.
IV — VI asrlarda German xalqlarining buyuk ko'chishida g’oyat muhim rol’ o'ynadi, bu ko'chish natijasida G’arbi Rim imperiyasi hududida varvarlar qirolliklari tashkil topdi. I—II asrlarda paydo bo'lgan Xristian dini uchta asosiy tarmoqqa bo'linib ketdi: Pravoslav, Katolik va Protestan diniy mazxablari. 1054 yilda Xristian cherkovi SHarqiy (provoslav) va G’arbi (katolik) cherkoviga bo'lindi.
Pravoslav dini — asosan greklarda, bolqon slyavanlarida, ruminlarda tarqalgan va Rossiyada chor samoderjaviyasi davrida davlat dini bo'lib hisoblangan. Xristian dini asoslari IV
— XI asrlar o'rtasida Vizantiyada rivojlandi. (Pravoslav cherkovining grek— SHarqiy nomi ham shundan kelib chiqqan.)
Katolik dini — yoki Rim katolik cherkovi asosan janubi — G’arbi va Markaziy Yevropa hududida, Markaziy va Janubiy Afrika aholiey o'rtasida tarqalgan. Xristian dini mazxablaridan biri katolik dinining markazi Rim cherkov boshlig’i esa Rim episkopi, erdagi papadir. Katolik dini XI asrga kelib mustaqil diniy tashkilot sifatida shakllandi, Katolik dini o'zining o'rta asrlar tarixida ommani ezish. xurofot tarqatish, dunyoviy bilim soxiblarini kuvg’inga solish (Galileyni badkor qilish, J. Brunoni gulxanda yondirish) quroli bo'lib xizmat qilib keldi.
Papalik ital’ yan savdo respublikasi bilan ittifoqlikda salb yurishlariga rahbarlik qildi. Katta pul zaxiralariga ega bo'lgan rim— katolik cherkovi (ayniqsa monastirlar) o'rta asrlarda yirik sudxurlarga aylanib ketishdi. O'rta asrlardaek bir qator mazxablarga kirib borgan va keyin rim katolik cherkoviga qarshi karatilgan xaraqatlar ayrim SHimoliy va G’arbi Yevropa mamlakatlaridan katolik dinini siqib chiqarishga olib keldi. CHerkov bu ommaviy xaraqatlarga qarshi ayovsiz reaktsiya bilan javob berdi. Katolik cherkovi XIII asrda frantsiskanlar va domtsnikanlarni hamda XVII asrda esa — qattiq «harbiy» intizom asosida tashkil etilgan iezo'tlar ordeni kabi monarxlarning kurashchan ordenlarini ishga solib, barcha kuchlarni kurashga safarbar etdi.
Papa — Rim episkopi, katolik cherkovining boshlig’i. Papa apostol Petrning noibi hisoblanardi. Unga din va ahloq masalalarida gunohsiz deb nisbat berildi. Papa oliy ruhoniy kardinallar tomonidan odatda o'z ichidan saylab qo'yiladi.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling