Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kostel
- Nuntsiy
- Indul’gentsiya
Kardinal — katolik chekovining oliy mansabdori. Kardinallar majlisi — konklav papani saylaydi.
Papa viloyati (yoki CHerkov viloyati) — o'rta Italiyadagi poytaxti Rim bo'lgan cheklanmagan oliy hukmdor — papa boshchiligidagi davlat (756-1870 i.). 1870 yilda Rimning Italiya qirolligiga qo'shilishi natijasida papa davlati yo'q bo'lib ketdi. Kostel — katolik cherkovining nomi. Bulla — muhr bosilgan davlat va cherkov aktlarini tantanali shaklda e'lon qilishning G’arbi Yevropadagi eskicha nomi. Bu nom hozir ham papa hokimiyatidan chiqadigan tantanali aktlarga nisbatan qo'llaniladi. Nuntsiy — papa elchisi. Bir qator mamlakatlarda nuntsiy diplomatik korpusning boshlig’i hisoblanardi. Protestantizm — XVI asrdagi reformatsiya natijasida Rim - katolik cherkovidan ajralib chiqqan lyuteranlik, kal’vinizm kabi xristian diniy ta'limotining umumiy nomi. Protetantlar deb dastlab SHpeyerda (1528) chakirilgan german imperiyasi seymi a'zolarining reformatsiya harakatiga qarshi kurash xaqidagi ko'pchilikning harakatiga qarshi norozilik bilan chiqqan (protest) ozchilik qismini atashgan edi. Protestantlar Austurdagi (1530) reyxstagda Martin Lyuter tomonidan tuzib chiqilgan yangi liniy ta'limot asosini takdim etdilar. Keyinroq reformatsiyaning hamma tarafdorlari Protestantlar deb ataladigan bo'ldi. SHvetsariyada, Frantsiya va Pol’shada TSvingli va Kalvin tarafdori yoki reformatorlar ham Protestantlar deb atalgan. AQSH, Angliya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda XVI — XVII asrlarda protestantizm negizida vujudga kelgan baptistlar, menonitlar, kvakilar va sho'nga o'xshash juda ko'p sektalar mavjuddir. Indul’gentsiya — o'rta asrlarda katolik cherkovi ish praktikasida qo'llanilgan pul barobarida yoki cherkov oldida ko'rsatilgan xizmatlari uchun ayb va gunohlarini kechirish va cherkov jazosidan ozod etilganligi xaqida beriladigan yorliq. Indul’gentsiya berish bilan uni sharm— xayosizlarcha sotish xalq ommasining g’azabini keltirdi va bu hol reformatsiya o'tqazishga qaratilgan harakatning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri bo'ldi. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling