Fanidan ma'ruzalar matni


Download 127.98 Kb.
bet47/71
Sana06.02.2023
Hajmi127.98 Kb.
#1170861
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Yengilmas armada — Ispaniya tomonidan Angliyani bosib olish uchun 1588 yilda tuzilgan (130 yirik va 30 kichik kemalar va 2,5 mingdan ortiq qurol aslaxalardan iborat) yirik harbiy flot. 1588 yil 30 mayda Yengilmas armada noshud flot boshlig’i gertsog Medina Sidoniya boshchiligida Angliyaga 19 ming soldatdan iborat desant tashlamoq uchun Lissabondan yo'lga chiqdi. 1588 yil iyul — avgust oylarida beso'nakay ispan kemalari Angliya flota (admiral Xouard boshchiligida) bilan bo'lgan to'qnashuvda kuchli zarbaga uchradi. Ispaniya kemalari orkaga kaytayotganda ularning ko'pchiligi dengiz dovulidan xalok bo'ldilar. Ispanlar bu yurishda 75 kema va 10 ming kishi yo'qotdi.
Yengilmas armada xaloqati ispanlar qudratini bo'shashtirib yubordi.
Jakeriya — 1358 yil Frantsiyada dehqonlarning feodallarga qarshi qo'zg’oloni. U uz nomini «Jakbanom» («Oliy—Jak») lakabidan olgan. Frantsuz feodallari dehqonlarni ana shunday deb atardilar. O'sha davrdagi boshqa dehqon harakatlari singari Jakeriyaning asosiy sabablari pul xo'jaligining rivojlanishi va shu tufayli mehnatkashlar ommasini ekspluatatsiya qilishning kuchayishi bo'lgan. Frantsuz dehqonlari 1347—1353 yillardagi vabo oqibatlaridan hamda YUz yillik urush olib kelgan umumiy vayronagarchilikdan nixoyatda azob chekar edilar.
Bu quzg’olon 1358 yil ko'klamida Pikardiyada boshlanib, butun SHampanni qamrab oldi va Parijgacha etib keldi. Bu qo'zg’olon et’ven Marsel’ boshchiligidagi. Parij qo'zg’oloni bilan bir vaqtga to'g’ri keldi. Jakeriya qo'zg’oloniga Gil’om Kal’ boshchilik qilgan dehqonlar harakati uyushmagan holda edi. Dehqonlar qo'zg’olonidan chuchigan uning sinfiy dushmanlari — feodallar jipslashib, qo'zg’olonni tezda bostirdilar. qishlok aholisi ommaviy qirg’in qilindi. Ammo katta Jakeriya bostirilganidan keyin ham Frantsiyada YUz yillik urush mobaynida dehqonlar yana 2 marta qo'zg’olon ko'tardilar.
Jakeriya so'zi dehqonlar stixiyali qo'zg’olonlarini ifodalovchi so'z bo'lib kolli.

Download 127.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling