Fanidan ma'ruzalar matni
Download 127.98 Kb.
|
13. Tarixiy atama maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korrexidorlar
- Oq gullar bilan qizil gullar urushi
Kopun — Skandinaviya xalqlarida dastlab harbiy yo'lboshchi, feodalizm rivojlangandan so'ng esa podsho.
Korteslar — feodal Ispaniyasi va Portugaliyada soslovieli vakillar majlisi. Korteslar degan nom birinchi marta 1137 yil Kastiliyada uchragan. Ispan korteslari ham G’arbning barcha soslovieli vakillar muassasasi kabi hamma aholining manfaatlarini emas, balki faqat dvoryanlar, ruhoniylar manfaatini ifoda etgan. SHaharlar vakillik qilish xuquqini ancha kech oldi. Korteslar davlat hayotiga doir barcha muhim ishlarni o'z qo'llariga olganlar va qirollarning qattiq nazorati ostida tutganlar Absolyutizmning rivojlanishi bilan korteslar batamom barbod bo'lgan. Korrexidorlar — Ispaniya va uning mustamlakalaridagi ma'muriy va sud lavozimi. XIII asrda Avstriyada ta'sis etilgan. Korsarlar — urush vaqtida hukumat ijozati bilan dushmanning savdo kemasini bosib olgan, xususiy dengizchilar. Oq gullar bilan qizil gullar urushi (1455—1485)— Plantegenlarning qirol sulolasidagi ikki yunalish Lankaster (gerbida — qizil gul) va York (gerbida — oq gul) o'rtasidagi ingliz toj— taxti uchun olib borilgan qonli feodal usulining krizisini va xususan yirik mulk xo'jaligi krizisini boshidan kechirayotgan edi. Feodal aristokratiyasi xo'jalik faoliyatidan tobora ko'proq chetlasha boshladi: ular yashashning asosiy manbai qirol saroyining in'omlari, asosiy mashg’ulot esa saroydagi ig’vo — g’iybatlar va feodallar o'rtasidagi urushlardan iborat bo'lib qoldi. Feodal magnatlari o'zaro shiddatli urush boshlab, bir — birlarini xonavayron qildilar va qirib tashladilar. Lankasterlarni asosan kolok SHimol va Uel’s baronlari, Yorklarni esa mamlakatning iqtisodiy jixatdan ancha rivojlangan janubi — SHarqdagi yirik feodallarning bir qismi qo'llab — quvvatladi. Savdo va hunarmandchilikning tulik rivojlanishidan, kuchli hokimiyat o'rnatishdan manfaatdor bo'lgan yangi dvoryanlar va badavlat shaharliklar Yorklarni qullab—quvvatladilar. Yorklar gertsogi Richard Lankasterlar «qiroli» Genrix VI ga qarshi urush boshladi va uni 1460 yilda Nogemton tor—mor keltirib, asirga oldi. Richard vafotidan keyin Ok gul tarafdorlariga uning o'g’li eduard boshchilik qildi. eduard Londonni zabt etgandan keyin eduard IV nomi bilan podsho deb e'lon qilindi. Ammo urush ilgarigidek shiddat bilan davom etardi. Genrix VI ni uning tarafdorlari ozod qilib olishdi. Genrix VI ning Frantsiyaga kochib ketgan rafikasi Margarita 1464 yilda frantsuz podshosi Lyudovik XI ning madadiga tayanib, qo'shinlar bilan Angliyaga kaytib keldi, ammo mag’lubiyatga uchradi, eduard IV ning o'zboshimchaligi va feodallar erkiga barham berish yo'lidagi urinishlari uning ilgari tarafdorlarini o'ziga qarshi qilib qo'ydi. Angliyadagi yirik feodal magnatlaridan biri graf Uorvik yordamida Genrix VI yana taxtga chiqib oldi, Eduard esa hokimiyat o'g’risi deb e'lon qilindi (1471). Ammo T’yukaberi yaqinidagi jangda eduardda lankasterlarga qaqshatqich zarba berdi. Genrix VI xal qiluvchi janggadayok yana asir olinib, qirol turmasi Tauerda vafot etdi. eduard IV qirol hokimiyatini g’oyat mustahkamladi va parlamentni ahyon—ahyondagina chaqirib, hukmronlik qildi. Uning vafotidan keyin 1483 yilda ukasi Richard III taxtni qo'lga oldi va eduard IV ning yosh o'g’illarini qatl qildi. Richard III ortikcha qatllarga va tazyiklarga yo'l qo'yganligi sababli lankasterlarni ham, yorkchilarni ham uziga qarshi qilib qo'ydi. Ular lankasterlardan chiqqan Genrix Tyudor tevaragiga birlasha boshladilar. Bosvort yaqinidagi jangda Richard III maglubiyatga uchradi va o'ldirildi. Genrix Tyudor Genrix VII degan nom bilan Angliyaning podshosi bo'ldi va Tyudorlar sulolasiga asos soldi. Oq gullar bilan qizil gullar urushi feodal zodagonlari kuchiga putur etkazdi, ularning ko'p qismi kirib tashlandi. Angliyada absolyutizm davri boshlandi. Download 127.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling